Endosperm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Endosperm (endo... va snerma) - oʻsimlik urugʻida hosil boʻladigan oziqtoʻqima. Ochiq urugʻlilarda E. urugʻlanishdan oldin murtak xaltasidan paydo boʻlib, jinsiy gametofitga mos keladi. E. hujayralari dastlab gaploid, yadrolari qoʻshilgandan soʻng diploid boʻlib qoladi. Gulli oʻsimliklar E.i qoʻsh urugʻlanish natijasida murtak xaltasi diploid markaziy hujayrasidan hosil boʻladi; triploid hujayrasi changchi va urugʻchi genomiga ega.

E. oʻsayotgan murtakni oziq moddalar bilan taʼminlaydi; tarkibida kraxmal, yogʻ yoki b. moddalar koʻp. E. koʻpchilik gulli oʻsimliklarning yetilgan urugʻida, xususan, barcha bir pallalilar (suv va botqoqlik oʻsimliklardan tashqari), koʻpchilik ikki pallalilarda boʻladi. Biroqbir qancha ikki pallalilar (dukkaklilar, qovoqdoshlar, qoqidoshlar, karamdoshlar, eman, qayin va boshqalar)da E. boʻlmaydi, chunki urugʻ shakllanishining dastlabki davrlarida E. oʻsayotgan murtakka soʻrilib ketadi.