Emil Verban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emil Verban
Tavalludi 27-avgust , 1915
Vafoti 8-iyun , 1989 (73 yoshida)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Beysbolchi

Emil Verban 1915-yilning 27-avgustida AQSHning Illinois shtati Linkoln shahrida tavallud topgan. Beysbol bo'yicha oliy ligadagi MLB (Major League Baseball) da ikkinchi darajali o'yinchi bo'lgan[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emil Verban Sent-Luis Cardinals (1944-1946-yillar),Filadelfiya Fellis (1946-1948-yillar),Chicago Cubs (1948-1950-yillar),Boston Braves (1950-yil) kabi jamoalarda o'ynagan.Emil Verban avvalam bor 1944-yildan 1950-yilgacha oliy ligada 4 ta jamoada o'ynagani bilan ham mashhur.Emil Verban 28 yoshida beysbolda ilk professional faoliyatini boshlagan.U 1944-yildagi ligada Sent-Luis Browns jamoasiga qarshi 17 ta dan 7 ta zarbani qaytargani va Sent-Luis Kardinals jamoasi 4:2 hisob bilan g'alaba qilgan o'yindagi so'nggi hal qiluvchi zarbani qaytargani bilan ham mashhur. Emil Verbanning eng muvaffaqiyatli davri 1945-yil boshlangan. Verban Filadelfiya Fellis,Chicago Cubs,Boston Braves jamoalarida ham o'ynagan va "All Stars Match"da ham ikki marotaba ishtirok etgan(1946 va 1947-yillar).

1975-yilda Vashingtonda joylashgan Chicago Cubs muxlislar guruhi taqdirlash uchun Emil Verban jamiyatini tuzishgan. Verban Chikago Cubs ning o'yinchi timsoli sifatida tanlangan. Verban dastlab uni masxara qilishayotganiga ishongan, biroq bir necha yil o'tgach, u Vashingtonga, ayni paytda jamiyat a'zosi bo'lgan prezident Ronald Reygan bilan Oq uyda uchrashish uchun uchib kelganida, u bu his tuyg'ulardan qutilgan[2].

Verban 73 yoshida Illinoys shtatining Quincy shahrida vafot etgan.

O'ynagan jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sent-Luis Cardinals (1944-1946-yillar)
  • Filadelfiya Fellis (1946-1948-yillar)
  • Chicago Cubs (1948-1950-yillar)
  • Boston Braves (1950-yil)

Faoliyatinig eng muvaffaqiyatli davri va sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • uch marotaba "All Stars Match" o'yinida ketma-ket qatnashgan. (1945-1946-1947-yillar)
  • Sent-Luis Browns jamoasi ustidan g'alabasi uchun sovrin olgan. (1944-yil)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Emil Verban at Baseball Reference
  2. 2,0 2,1 Gilbert, Bill (1992) They Also Served: Baseball and the Home Front, 1941–1945. New York: Crown Publishers, pages 127, 153–155.[1]