Emanuel Aguilera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Víctor Emanuel Aguilera (talaffuzi: Viktor Emanuel Agilera) 1989-yil 11-iyunda tavallud topgan. Argentinalik futbolchi „America“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Emanuel Aguilera Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi

Víctor Emanuel Aguilera

Tugʻilgan

11-iyun 1989-yil(1989-06-11)[1][2] (33 yosh)

Argentina[3]

Fuqaroligi
Boʻyi

187 cm

Vazni

83 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Meksiki America (Mexiko)

Raqam

19

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Víctor Emanuel Aguilera faoliyatini „Deportivo Gualmalien“ klubida boshlagan. Shundan soʻng, 2010-yilda Víctor Emanuel Aguilera „Godoy Cruz“ jamoasiga oʻtdi, ammo bazadan joy qoʻlga kirita olmadi va shu sababli, 2012-yilning yozida ijara asosida „Defensa y Justicia“ klubiga oʻtdi. 11-avgust kuni „Nueva Chicago“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 2013-yil 12-avgustda „Atletiko Braun“ga qarshi bahsda Víctor Emanuel Aguilera „Defensa y Justicia“ jamoasi uchun birinchi golini urdi[5]. Ijara muddati tugagandan soʻng, u qisqa vaqt ichida „Godoy Cruz“ klubida toʻp surdi.

Shu bilan bir qatorda, 2014-yilning yozida Víctor Emanuel Aguilera „Independiente“ klubiga koʻchib oʻtdi. 11-noyabr kuni Sarandining „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 7-iyun kuni „Rosario Central“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Víctor Emanuel Aguilera „Independiente“ uchun birinchi golini urdi[7].

Shuningdek, 2016-yilning yozida Víctor Emanuel Aguilera Meksikaning „Tijuana“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 16-iyul kuni „Monarcas Morelia“ klubiga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[8]. Maʼlumotlarga koʻra, toʻlov 2 million AQSh dollari atrofida boʻlgan. 2017-yil 13-dekabrda Aguilera „Tijuana“ klubining sobiq menejeri Migel Errera bilan birga, „América“ klubiga qoʻshildi. 2018-yil boshida Víctor Emanuel Aguilera „America Capital“ jamoasiga qoʻshildi. 8-yanvar kuni „Querétaro“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[9].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
C. S. D. GuaymallénArgentina bayrogʻi Argentina 2007-08
2008-09
2009-10
Jami 70 4 0 0 0 0 70 4
C. D. Godoy CruzArgentina bayrogʻi Argentina 2010-11 3 0 0 0 3 0
2011-12 3 0 1 0 1 0 5 0
2014 4 0 0 0 4 0
Jami 10 0 1 0 1 0 12 0
C. S. D. Defensa y JusticiaArgentina bayrogʻi Argentina 2012-13 17 0 1 0 18 0
2013-14 40 5 0 0 40 5
Jami 57 5 1 0 0 0 58 5
C. A. IndependienteArgentina bayrogʻi Argentina 2014 5 0 5 0
2015 14 1 1 0 0 0 15 1
2016 3 0 1 0 4 0
Jami 22 1 2 0 0 0 24 1
C. TijuanaMeksika bayrogʻi Meksika 2016-17 26 0 2 0 28 0
2017 13 0 2 0 15 0
Jami 39 0 4 0 0 0 43 0
C. AméricaMeksika bayrogʻi Meksika 2018 17 0 3 0 20 0
2018-19 37 7 10 5 47 12
2019-20 33 2 1 0 3 1 37 3
2020-21 28 7 1 0 29 7
2021 13 2 2 1 15 3
Jami 128 18 11 5 9 2 148 25
Atlas F. C.Meksika bayrogʻi Meksika 2022 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy karerasida 326 28 19 5 10 2 355 35

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Emanuel Aguilera // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Emanuel Aguilera // FBref.com (mn.)
  3. Soccerway (mn.)
  4. „Дефенса и Хустисия VS. Нуэва Чикаго 4:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 11-avgust). 2013-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  5. „Атлетико Браун VS. Дефенса и Хустисия 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-avgust). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  6. „Арсенал Саранди VS. Индепендьенте 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 11-noyabr). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  7. „Росарио Сентраль VS. Индепендьенте 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  8. „Тихуана VS. Монаркас Морелия 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 16-iyul). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  9. „Керетаро VS. Америка Мехико 0:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-yanvar). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.