Em Gvan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Em Gvan

Em Gvan Bon
Tavalludi 1922
Vladimiro-Aleksandrovskoye, Primorsk viloyati
Vafoti 1980
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari

Em Gvan Bon (1922, Vladimiro-Aleksandrovskoye, Suchansk volosti, Olginskiy tumani, Primorsk viloyati – 1980, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi „Pravda“ kolxozining rahbari, Oʻzbekiston SSR Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Em Gvan Bon 1922-yilda Olginskiy tumani Vladimiro-Aleksandrovskoye qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSRning [[Toshkent viloyati]dagi maxsus posyolkaga surgun qilinadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent yaqinidagi Boʻzsuv kanali GESida, Yuqori Chirchiq tumanidagi „International“ kolxozida ishlagan.

Em Gvan Bon 19481952-yillarda Yuqori Chirchiq tumandagi „Pravda“ kolxozida dala mudiri boʻlib ishlagan. 1950-yilda Em Gvan Bon boshchiligidagi dala jamoasi 15,5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 107,1 sentnerdan yashil kenaf poyasi yigʻib oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan unga "1950-yilda kolxozlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish va kontraktatsiya qilish, MTS ishiga naturada haq toʻlash va 1951-yil bahorgi ekish uchun barcha ekinlarni urugʻlik bilan taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarda yashil kanop poyasidan yuqori hosil olgani uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali topshirilgan[2][3].

Em Gvan 1951-yilda KPSS safiga qoʻshildi. 1956-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumini, 1961-yilda Moskvadagi Timiryazev nomidagi qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan.

Moskva viloyati, Volokolamsk tumani, „Bolshevo“ sovxozining bosh agronomi (1961), Moskva viloyati, Podolsk tumani, „Zarya komunizm“ sovxozining katta agronomi (1961—1963) lavozimlarida ishlagan.

1963-yilda Oʻzbekiston SSRga qaytib, 1980-yilgacha Toshkent viloyati Kommunistik tumanidagi „Leninskiy put“ kolxozining bosh agronomi boʻlib ishladi.

Em Gvan Bon 1980-yil iyul oyida vafot etdi. Kommunistik tumani (hozirgi Yuqorichirchiq tumani) Rodina qishlogʻida dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Шин Д.В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • Ким П.Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Ким Б.И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. YouTube logotipi ВЭКС. Герой Социалистического труда Эм Гван Бон YouTubeda
  2. Ким, Брутт. Равный среди первых. Ташкент: Baktria Press, 2021 — 96 bet. 9-oktabr 2023-yilda qaraldi. 
  3. „Дмитрий Шин в бывших колхозах им. Свердлова и Правда“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 9-oktabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]