Elektr stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr st-yalari va gelioenergetika st-yalari (q. Geliotexnsha) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi.

Geotermal E.s. yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali E. s. dir. Vulkanli hududlarda 2000—3000 m yer ostidagi suvlarning t-rasi 100° dan yuqori boʻladi (q. Geotermal resurslar). Geotermal E. s.da suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.

Issiqlik E. s. elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891 yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10-y.larida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30-y.larda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan.

Oʻzbekistonda 20 ta issiqlik va 27 ta gidroelektr st-yalari bor; ular yiliga 52 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi (2005) (q. Energetika).