Efir moylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efir moylari — uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, fenollar, aldegidlar, murakkab efirlar hamda baʼzi geterotsiklik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan uchuvchan suyuq moddalar. E.m. koʻpgina oʻsimliklar tarkibida boʻlib, ularga hid beradi. Spirt, efir va benzolda eriydi, aksariyati suvda oz eriydi, baʼzilari esa umuman erimaydi.

E.m. oʻsimliklardan quyidagi yoʻllar bilan olinadi: suv bugʻi yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yogʻ (mol yogʻi) bilan ekstratsiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali.

E.m. sanoatda keng qoʻllanadi. Ulardan atirupa, sovun ishlab chiqarishda, tish pastalari, oziqovkat essensiyalari tayyorlashda, tamakini xushboʻy qilishda, tibbiyotda (qalampir va evkalipt moylaridan) foydalaniladi. E.m. kimyo sanoatida, farmatsevtikada ham qoʻllanadi. Pinendan kamfora sintez qilinadi, daraxt moyi skipidar lok va boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Nozik organik sintez texnologiyasi E.m.ning sintetik analoglari ham bor.