Efes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efes — Kichik Osiyoning gʻarbiy sohili Kariya viloyatidagi qadimiy shahar. E. xarobalari hozirgi Saljuq (Turkiya)dan 10 km narida joylashgan. Osiyo savdo yoʻllarining soʻnggi nuqtasi va diniy markaz sifatidagi ahamiyati (E. homiysi — Artemida ibodatxonasi dunyoning yetti moʻʼjizasidan biri) shaharning ravnaq topishiga imkon bergan. Gerostrat oʻz nomini abadiylashtirish maqsadida ibodatxonaga oʻt qoʻygan (mil. av. 356 yil). Keyinchalik ibodatxona qayta qurilgan, biroq mil. 263 yil E. gotlar tomonidan talontaroj etilgan paytda butkul vayron qilingan. E. mil. 358 va 365 yillardagi zilzilalardan jabr koʻrgan. Shahar 7-asr gacha mavjud boʻlib, soʻng kimsasiz qolgan bu yerlar botqoqlikka aylangan. E.dan yunon va Rim davriga oid shahar mavzelari, stadionlar, teatr, terma (hammom), shahar darvozalari, vodoprovod, kutubxona binosi, ibodatxonalar va boshqalar xarobalar ochilgan.