Efebiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efebiya (yun. — oʻsmir) — Yunoniston (Sparta, Afina)da erkin tugʻilgan 18 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarni harbiy va fuqarolik xizmatiga tayyorlaydigan davlat tashkiloti. Oʻqish kazarma sharoitida 2 yil davom etgan. Birinchi yili efeblar gimnastika, kamondan otishni oʻrganganlar, harbiy mashqlar oʻtkazishgan. Ikkinchi yil harbiy qoʻrgʻonlar qurish, harbiy garnizonlarni qoʻriqlash, harbiydengiz ishlarini oʻrganish bilan shugʻullanishgan, xalq sayil va bayramlari hamda yigʻilishlarida tartib saqlanishini nazorat qilishgan. E.ni tugatganlar toʻla huquqli fuqaro hisoblangan (yana q. Afina tarbiyasi, Sparta tarbiyasi).