Edwin Hubble

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edwin Hubble (oʻqilishi: Edvin Pauell; 1889.20.11, Marshfild, Missuri shtati – 1953.28.9, SanMarino, Kaliforniya shtati) – amerikalik astronom, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1927-yildan). Yerk rasadxonasi (Chikago) (1914—17) va Maunt-Vilson rasadxonasida (1919) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari galaktikalarni, Koinotning uzluksiz kengayish xususiyatini oʻrganishga oid. Koinotda kuzatiladigan tumanliklarni ikki guruhga, yaʼni bizning Galaktikamiz (gazchangdan tashkil topgan) ga kiruvchi va Galaktikamizdan tashqarida joylashgan galaktikalarga ajratdi (1922). 1924—26 yillarda bizga yaqin boʻlgan boshqa galaktik tumanliklar tabiati bizning Galaktikamizga oʻxshash va yulduzlardan tashkil topganini koʻrsatib berdi. Bu bilan Koinotda Galaktikamizga oʻxshash yulduz sistemalari mavjudligini isbotlagan. Yaqin galaktikalarda bir nechta sefeid, sharsimon va gaz tumanliklari, qizil va zangori utagigantlarni ochgan. Galaktikalararo masofa bilan ularning nuriy tezliklari orasida kosmologik bogʻlanishni anikdagan (1929) (qarang Kosmologiya, Xabbl qonuni).