Edelvays

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edelvays — murakkabgullilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; manzarali togʻ guli. Vatani — Yevropa, Xitoy, Yaponiya va Sibirda ham uchraydi. Alp togʻlarining ohaktoshli qoyalarida, dengiz sathidan 1700—2300 m balandlikda alp E.i, Sibirda sibir E.i, Himolay togʻlarida himolay E.i oʻsadi. E. poyasining hamma qismi oppoqtuklar bilan qoplangan. Savatchasi tukli qoplovchi tangacha barglar bilan oʻralgan, yulduzsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. E. iyul. avg .da gullaydi. Sibir va himolay E.lari sovuqqa chidamli. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.