Ebro (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ebro — Ispaniyaning shim.sharqiy qismidagi daryo. Uz. 928 km, havzasining mayd. 86,8 ming km². Kantabriya togʻlaridan boshlanib, Aragon tekisligidan oqadi, Katalon togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta dengizga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 560 m³/sek. Qish va bahorda suvi koʻpayadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi, GES qurilgan. Saragosa shahrigacha kema qatnaydi.