E Meidie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

E Meidie (1986-yil 30-aprelda tugʻilgan) — isteʼfodagi xitoylik sanda kikbokschisi. U 2015-yilgi Kunlun Fight Strawweight turniri chempioni, ikki karra Ushu boʻyicha jahon chempionati va bir karra Osiyo oʻyinlarining oltin medal sovrindori[1].

E Meidie Combat Press’ning 2016-yil noyabr oyidan boshlab,[2] 2018-yilning mayigacha, kikboksingdan nafaqaga chiqib, murabbiylikka oʻtguniga qadar oʻtgan faoliyati davomida ayollar reytingida birinchi oʻntalikdan joy egallab kelgan[3].

Kikboksingdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushudagi muvaffaqiyatli karerasidan soʻng, turli musobaqalarda sakkizta oltin medalni qoʻlga kiritgan E Meidie, 2015-yilda kikboksingga oʻtdi. Ushudagi nufuzi sababli E Medie oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan Kunlun Fight ning eʼtiborini tortdi[4].

E Meidie Kunlun Fight tomonidan tashkil etilgan toʻrtta vazn toifasidagi ayollar turnirda ishtirok etdi. Yarim final bahsida u Ji Von Liga qarshi bir ovozdan gʻalaba qozondi va finalda Jemima Betrianga qarshi chiqdi. Betrian oʻz raqibini qiyinchiliksiz magʻlub etdi[5][6].

E Medie oʻzining navbatdagi musobaqada WBO chempionlik kamariga daʼvogar Korina Karleskuga qarshi jang qildi va katta ustunlik bilan jangda gʻalaba qozondi[7].

E Medie 2015-yilgi kunlun Fight yengil vazn toifasidagi turnirda ishtirok etgan. U yarim finalda Isis Verbekga, finalda esa Anissa Meksenga qarshi jang olib bordi va yakunda gʻalaba qozondi[8][9][10].

2018-yil may oyida E Medie ushuda va kikboksdagi faoliyatiga toʻliq yakun yasaganligi vamurabbiylik faoliyatini boshlaganini eʼlon qildi.

Chempionatlar va yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushu[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kikboksing[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015-yil Kunlun Fight 4-ayollar oʻrtasida somon vazn toifasidagi turnir chempioni — 52 kg
  • 2014-yil Kunlun Fight 4-Ayollar oʻrtasida somon vazn toifasida ikkinchi oʻrin — 52 kg

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „E Meidie“. awakeningfighters.com. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  2. „Combat Press Kickboxing Rankings: November 2016“. combatpress.com. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  3. „Combat Press Kickboxing Rankings: May 2018“. combatpress.com. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
  4. „诱惑OR机遇? 鄂美蝶:打昆仑决意味着新的出路“. sports.sohu.com. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  5. „[Jeu 1er Mai Le Kunlun Fight 3 de Bangkok à suivre à 21h00 sur Kombat Sport !“]. sport-tv.org. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  6. „Kunlun Fight 3“. muaythaitv.it. 7-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  7. „[精选昆仑决11 鄂美蝶(E Mei Die)对手科利娜(Corina Carlescu)视频KunLun Fight 11“]. hula8.net. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  8. „Kunlun Fight 32 Results: Buakaw Dominates Hui, Kiria and Nagbe Victorious“. combatpress.com. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  9. „Vidéos d'Anissa MEKSEN volée au KUNLUN FIGHT“. muaythaitv.fr. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  10. „东北姑娘鄂美蝶散打一姐,粉丝们称:你怎么能这么狠!“. k.sina.cn. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.