Dzudo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
柔道 - „Yengil yoʻl
Tasvir
Asos slingan sanasi: 1882-yil
Asoschi: Jigaro Kano
Asos solingan joy: Yaponiya
Sport turi guruhi: Sharq yakka kurashi va Jang san'ati
Asoslanishi JS: Dzyudzyusu, Tenzin Sinyo ryu, Kito Ryu
JA hosil boʻlishi: Brazilya Jiu-Jitsu, Kavaisi Ryu, Kosen Dzyudo, Sambo
Taniqli davomchilar: Sunziro Tomita, Mitsue Mayida, Kyuzo Mifune, Keyko Fukuda, Masaxiko Kimura, Yasixuro Yamasita, Vladimir Putin, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriyev, Marat Azimbaev, Ramziddin Saidov

Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 y.da asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi).

D. boʻyicha musobaqalar 1883 y.dan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 y.da tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 y.dan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 y.dan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Oʻzbekistonda D. bilan 20-a.ning 80-y.laridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal b-n takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan. [1]


Dzudo
Judo Morote Seoi Nage by Bryan small.gif
Xarakteristikalari
Kontakt Ha
Aralash jins Ha
Turkum Sharq yakkakurashi va jang san'ati
Anjom Kimono
Oʻynaladigan joy Tatami
Olimpik oʻyin Ha 1964-yildan e'tiboran
Paralimpik oʻyin Ha
Mintaqa Butunjahon

Dzyudo(yaponcha:柔道)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Yengil yoʻl“ maʼnosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur boʻlgan bu sport turi vatani Yaponiya boʻlib XIX asr boshlarida [2] 嘉納 治五郎 tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan.

Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, O'zbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi.

Dzyudo usullaridan biri
Uki-goshi.jpg

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Jigaro Kano

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]