Diplomatik vakillik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diplomatik vakillik - davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan D.v. — elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan D.v. — missiya deb ataladi. D.v. 16—18-asrlarda Yevropada vujudga kelgan. D.v. elchi ayirboshlagan davlatda oʻz davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti toʻgʻrisida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yoʻl qoʻygan doirada maʼlumotlar toʻplaydi, har ikkala davlat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, oʻz davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qoʻriqlaydi. D.v. faoliyatiga raqbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega. D.v.ning huquqiy mavqei Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi 1961-yilgi Vena konvensiyasi, ikki tomonlama bi-timlar, shuningdek, D.v. joylashgan davlat ichki qonunlari bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi (jumladan, kuzatuvchilar missiyasidagi) vakilliklar ham D.v.ning bir turi boʻlib, uning huquqiy mavqei Davlatlarning universal tusdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari boʻyicha vakilligi toʻgʻrisidagi 1975-yilgi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil