Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Ergasheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilorom Ergasheva
Tavalludi 1967-yil
Taxallusi DILOROM
Ijod qilgan tillari oʻzbek, turk tillari
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSRSSSR
Taʼlimi OʻzMU
Yoʻnalish gʻazalnavis
Janr nazm
Mukofotlari Doʻstlik ordeni
Turmush oʻrtogʻi Abdulla Jabbor
Bolalari 2 nafar (1 oʻgʻil, 1 qiz)

Dilorom Ergasheva— Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira (DILOROM taxallusi bilan sheʼrlar yozadi) 1967-yil Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Namanganda joylashgan „Mashrab“ nashriyoti muharriri sifatida faoliyat olib bormoqda. Namangan adabiy muhitining yetuk namoyondasi Abdulla Jabbor bilan turmush qurgan, ikki nafar farzandi (1 oʻgʻil, 1 qiz) bor. Oʻzbek adabiy olamiga qoʻshgan hissasi yuqori baholanib, 2022-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.[1] Oʻzbekistonlik Mehrinoz Abbosova, Shahriyor Shavkat, Anvar Botir, Nigora Muhammad singari yosh ijodkorlarning ustozi sifatida adabiyot ixlosmandlari orasida alohida mashhurlikka erishgan. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Botirjon Ergashev, Mirzo Kenjabek, Sirojiddin Sayyid bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan. Uning sheʼrlari Shuhrat Daryo, Orifjon Ergashev tomonidan qoʻshiqqa aylangan. Uning sheʼrlari turk, fors, hind, ingliz tillariga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

H.Homidiy, M.Ma'murov „Namangan adiblari“. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan nashriyoti“-Toshkent, 2007-yil. 268-bet

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. „В Наманганском инженерно-строительном институте состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвященное празднику узбекского языка.“. nammqi.uz (21-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.