Daniel Chaves Kastilyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daniel Makkenzi Chaves Kastilyo (ispancha: Daniel Mackensi Chávez Castillo. 1988-yil 8-yanvar, Kallao, Peru) – kelib chiqishi Perulik boʻlgan professional futbolchi, hozirda Universitario futbol klubi va Peru terma jamoasi hujumchisi sifatida toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaves dastlab Peruning mashhur Deportiva Kantolao futbol akademiyasida tajribali futbol murabbiylaridan tahsil oladi. 2006-yilda Chaves Belgiyaning „Bryugge“ klubi bilan faoliyatidagi ilk professional futbolchilik shartnomasini imzolaydi. 2008-yil 29-avgustda Tubizga qarshi oʻyinda u Jupile ligasida debyut qiladi[1]. Oʻsha oʻyinda Chaves „Bryugge“ klubi safidagi ilk golini uradi. 2010-yilning yozida oʻyin amaliyotini rivojlantirish maqsadida Chaves Vesterloga koʻchib oʻtadi. 31-iyul kuni „Gent“ klubiga qarshi bahsda u oʻzining yangi klubi safida debyut qiladi[2]. Lokerenga qarshi oʻyinda Chaves Vesterlo uchun oʻzining birinchi golini uradi.

2011-yilning yozida Chaves Ruminiyaning Oceluli klubiga koʻchib oʻtdi. Ruminiya kubogi doirasidagi Ramnikuga qarshi bahsda u asosiy tarkibda maydonga tushish orqali debyut qiladi.

2012-yil boshida Chaves vataniga qaytib, Union Comercio bilan shartnoma imzolaydi. Xuan Aurich klubiga qarshi oʻyinda u Peru Primerasida dastlabki debyutini qiladi. Xuddi shu oʻyinda Chaves „Union Komersio“ safidagi ilk golini urdi. 2013-yil boshida Chaves Universidad Sezar Valyexoga kelib qoʻshildi. 18-fevral kuni boʻlib oʻtgan oʻzining avvalgi klubi „Union Comercio“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[3]. Xuddi shu oʻyinda Chaves „Universidad Cesar Vallejo“ safidagi ilk golini uradi. 2014-yilda Sudamerikana kubogi doirasidagi Universitarioga qarshi oʻyinda Chaves ikkita gol uradi[4][5]. 2015-yilda u Universidad Sezar Valyexo klubiga Peru kubogini yutishda katta yordam beradi.

2017-yil boshida Chaves Melgar klubiga transfer qilinadi. 11-fevral kuni boʻlib oʻtgan Ayacuchoga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[6]. 3-mart kuni „Sporting Kristal“ ga qarshi oʻyinda Daniel Melgar uchun oʻzining dastlabki golini uradi[7]. Oʻsha-yilning yozida Chaves Universitarioga koʻchib oʻtadi. 20-avgust kuni oʻzining sobiq klubi „Union Comercio“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[8]. 5-noyabr kuni „Comerciantes Unidos“ ga qarshi oʻyinda Chaves „Universitario“ safidagi ilk golini urdi[9]. 2018-yil 27-yanvar kuni Libertadores kubogi doirasida Boliviyaning Oriente Petrolero jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urdi[10].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 31-mayda Ispaniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Chaves Peru terma jamoasi safida debyut qildi[11]. 2015-yil 5-sentabrda AQSH terma jamoasiga qarshi oʻyinda Peru terma jamoasi safidagi ilk golini urdi[12].

Peru safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Umumiy natija Musobaqa
01. 2015-yil 5-sentyabr Memorial stadioni, Vashington, AQSh AQSH 0 : 1 2 : 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada

Universidad Cesar Vallejo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тюбиз VS. Брюгге 1:4“ (en). soccerway.com (2008-yil 29-avgust).
  2. „Вестерло VS. Гент 0:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 31-iyul).
  3. „Универсидад Сесар Вальехо VS. Унион Комерсио 3:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-fevral).
  4. „Университарио VS. Универсидад Сесар Вальехо 2:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 18-sentyabr).
  5. „Универсидад Сесар Вальехо VS. Университарио 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 24-sentyabr).
  6. „Аякучо VS. Мельгар 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-fevral).
  7. „Мельгар VS. Спортинг Кристал 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 3-mart).
  8. „Университарио VS. Унион Комерсио 3:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-avgust).
  9. „Комерсиантес Унидос VS. Университарио 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-noyabr).
  10. „Университарио VS. Ориенте Петролеро 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-yanvar).
  11. „Испания VS. Перу 2:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 31-may).
  12. „США VS. Перу 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 5-sentyabr).