Chauder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chauder
Turi Qaynatma shoʻrva
Asosiy komponentlari dengiz mahsulotlari yoki sabzavotlar, sut

Chauder (inglizcha: chowder) amerikacha baliqchilar taomidir. Chauder amerikaliklar taomi hisoblanib, bundan 250 yil oldin Angliya va Fransiyadan kelgan muhojirlar tomonidan AQShga olib kelingan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1890-yilda American Notes and Queries nashri ushbu retseptni Kanadaga (boshqa versiyaga koʻra, Yangi Angliyaga) fransuzlar tomonidan olib kelinganligi haqida xabar berdi. Soʻnggi yillarda taom tayyorlanishining soddaligi tufayli mashhurlikka erishdi. „Chauder“ nomi fransuzcha chaudière soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „kotyol“ degan maʼnoni anglatadi.[1] Dastavval baliqchilar bir kun davomida sota olishmagan baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlanadigan toʻyimli taomga nisbatan chauder deyishgan.

Biroq taom haqida eslatma XVIII asrning oʻrtalarida, xususan, Tobias Smollett romanlaridan birida topilgan. Ushbu taomning xushboʻyligi Herman Melvillening „Moby-Dick“ romanida ham tasvirlangan. 1786-yilda Buyuk Britaniya shahzodasi William IV oʻsha paytda Nyu-Brunsvikda kema kapitani boʻlib xizmat qilganida chauder bilan mehmon qilishgan.[2]

Keyinchalik taomning tarkibi yanada xilma-xil boʻldi: ular sabzavot, sut va bekon, koʻpincha tovuq goʻshti qoʻsha boshladilar. Buning natijasida baliqchilarning kamtar shoʻrvasi Shimoliy Amerikada mashhur birinchi taomga aylandi.[3]

Asosiy komponentlar va retsept[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning retsepti 1894-yilda New Yorkdagi Delmonico restoranining mashhur oshpazi Charles Ranhofer tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan. Retsept Chowder de Lucines, deb nomlangan; uning tarkibiy qismlari orasida choʻchqa goʻshti, mollyuskalar, kartoshka, piyoz, maydanoz, pomidor, kekik, tuz va murch bilan bezatilgan krakerlar boʻlgan. Chauderning ham sut va mollyuska qoʻshib tayyorlanadigan turli xillari bor, misol uchun, klem-chauder.

Biroq boshqa retseptlar ham bor. Masalan, tovuq va sut qoʻshib tayyorlanadigan.[4] Bundan tashqari, taomning yogʻ miqdorini oshirish uchun baʼzi retseptlarga maxsus yogʻ, bekon, shuningdek sariyogʻ va zaytun moyi qoʻshiladi.[5] Bugʻdoy uni va rudan quyuqlashtirish uchun ham foydalanish mumkin[6] Manhattan chauderi uning tarkibida pomidor borligi bilan ajralib turadi.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Leslie Bilderback, CMB. The Complete Idiot's Guide To Comfort Food. DK Publishing, 2007 — 86 bet. ISBN 978-1-4406-2617-3. 
  2. „Дело вкуса: в своей ракушке“ (ru). www.vokrugsveta.ru. Qaraldi: 2020-yil 24-may.
  3. Еда с Еленой Чекаловой // Коммерсантъ.
  4. „Американский суп чаудер - побалуйте свою семью“. moysup.ru. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  5. 5,0 5,1 „Суп Чаудер: рецепты с фото от Шефмаркет“ (ru). Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  6. „Классический суп чаудер. Рецепт“ (ru). Еда.ру. Qaraldi: 2020-yil 23-may.