Chasity Melvin
Shaxsiy maʼlumot | |
---|---|
Tavalludi | 3-may 1976-yil |
Millati | Amerikalik |
Boʻyi | 6 ft 3 in (1.91 m) |
Karyera maʼlumoti | |
Maktab |
Lakewood (Salemburg, North Carolina) |
Kollej | NC shtati (1994-1998) |
WNBA drafti | 1999 / Tur: 1 / Tanlash: 11- overall |
Cleveland Rockers tomonidan tanlangan | |
Oʻyin karyerasi | 1999-hozirgacha |
Pozitsiyasi | Hujumchi |
Statistikalar WNBA.com saytida |
Chasity Melvin (talaffuzi: Chasity Melvin, 1976-yil 3-mayda tugʻilgan) — isteʼfodagi amerikalik professional basketbolchi, asli Shimoliy Carolina shtatining Roseboro shahridan.
Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]
Melvin, 6’3 dyuym (1,90 m) boʻyga ega ayol basketbolchi boʻlgan. 1999-yilda WNBAga kirgan va ligada oʻn ikki mavsum davomida Clevalend Rockers, Vashington Mystics va Chikago Sky jamoalarida oʻynab kelgan. U WNBAda oʻrtacha 9,7 ochko va 5,4 ribaund toʻplay olgan.[1] Melvin Italiya, Isroil, Ispaniya, Polsha, Rossiya ABL va Xitoyda professional darajada oʻynagan.
2007-yil 15-avgustda UIC pavilionidagi o‘yinda New York Liberty jamoasi oʻyinchisi Shameka Criston bilan rebound uchun kurashayotgan vaqtda tasodifan Criston Melvinning yuziga urib yuborgan. Shundan so‘ng Melvinning chap ko‘zi jarohatlangan. Melvin Illinoys-Chicago universiteti tibbiyot markazida davolangan. Shifoxonada uning koʻzi oʻz-oʻzidan kosasiga qaytgan. U oʻyindan keyin „Muxlislarni qadrlash kechasi“da ishtirok etish uchun arenaga qaytishga muvaffaq boʻlgan. Melvin koʻzining shox pardasi tirnalgan, ammo bosh suyagi sinmagan koʻrish qobiliyatini yoʻqotmagan edi.[2]
WNBAdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Melvin 2008—2009-yilgi WNBA mavsumida Xitoyning Asia Aluminium Basketbol klubida oʻynagan.[3] U 2009-yilgi mavsumda Mystics jamoasiga qaytadi. 2004-yildan 2007-yillargacha ham aynan shu jamoada oʻynagan edi.
Melvin 1994-yildan 1998-yilgacha Shimoliy Carolina shtat universiteti basketbol jamoasida oʻynagan. 1996-07-yillarda u Kodak jamoasida u All-American nomini oldi. U o‘zining katta mavsumida Wolfpack jamoasini Final To‘rtligiga olib chiqishga yordam berdi va 1998-yil 27-martda Wolfpack jamoasining Luiziana Tech jamoasiga yutqazishida 37 ochko to‘plash orqali NCAA yarim final rekordini o‘rnatdi. Melvin 2014-yilda WUBA janubiy Miss Generals jamoasiga qo‘shildi. 2019-yilda Melvin jamoani tark etdi. Keyinchalik Albaniya va Kosovoda AQSh Davlat departamentining Sport diplomatiyasi boʻlimining sport elchisi sifatida faoliyat yurita boshladi.[4]
NC State statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manba[5]
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | GS | Oʻyinlar boshlanishi | MPG | Oʻyin uchun daqiqalar |
FG% | Maydondagi gollar foizi | 3P% | Uch ochkoli gollar foizi | FT% | Erkin to'p otish foizi |
RPG | Har bir oʻyindagi rebound (basketbol) | APG | Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol) | SPG | Har bir oʻyin uchun to'p saqlash (basketbol) |
BPG | Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol) | PPG | Oʻyin uchun ochko | Bold | Karyera |
Yil | Jamoa | GP | Ballar | FG% | 3P% | FT% | RPG | APG | SPG | BPG | PPG |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1994—1995 | NC shtati | 31 | 508 | 60,3 % | 0,0 % | 56,4 % | 7.0 | 1.1 | 1.5 | 1.0 | 16.4 |
1995—1996 | NC shtati | 30 | 489 | 56,2 % | 0,0 % | 53,7 % | 7.7 | 1.2 | 1.0 | 1.8 | 16.3 |
1996—1997 | NC shtati | 31 | 500 | 58,4 % | 0,0 % | 60,4 % | 8.6 | 1.4 | 1.0 | 1.4 | 16.1 |
1997—1998 | NC shtati | 32 | 545 | 57,9 % | 0,0 % | 57,8 % | 9.5 | 2.6 | 1.0 | 1.4 | 17.0 |
Jami | 124 | 2042 | 57,9 % | 0,0 % | 57,3 % | 8.2 | 1.6 | 1.3 | 1.2 | 16.5 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Career statistics at basketball-reference.com
- ↑ Tina Akouris. „Eye caramba!“ Chicago Sun-Times. August 16, 2007.
- ↑ Offseason 2008—2009: Overseas Roster
- ↑ „Sports and Public Diplomacy Envoys (2005–Present) | Bureau of Educational and Cultural Affairs“ (en). eca.state.gov. 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
- ↑ „NC State Media Guide“. Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Chas44, Melvinning blogi