Call Her Daddy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Call Her Daddy
Namoyish
Mezbon
  • Sofia Franklyn (2018–2020)
  • Alexandra Cooper
Janr
Asoschi
  • Alex Cooper
Til inglizcha
Mahsulot
No.-qism 254 (as of March 31, 2023)
Nashr
Original reliz 3-oktyabr, 2018-yil(2018-10-03)
Provayder Spotify & YouTube
Aloqador
Vebsayt Official website

Call Her Daddy — Sofia Franklyn va Alexandra Cooper tomonidan 2018-yilda yaratilgan komedik va maslahat almashuv podkasti. Ushbu loyiha 2021-yilning iyunigacha Barstool Sports kompaniyasiga tegishli boʻlgan. Soʻngra, Cooper Spotify bilan 60 million dollarlik eksklyuziv shartnoma imzolagani eʼlon qiladi va loyihani oʻzlashtiradi[1]. Barstool hali ham podkast pul almashinuvida ishtirok etadi[2]. 2020-yil bahor oyining oxirida Cooper va Franklyn Barstool asoschisi David Portnoy bilan ommaviy janjalga aralashib qolishadi. Natijada Franklyn shouni tark etadi. Cooper Barstool bilan kelishuvga erishadi va podkastni mustaqil ravishda olib borishda davom etadi.

Kontenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil noyabr oyida Case Western Reserve universiteti talabalar gazetasi shouni „podkastlar olamidagi ham yangi, ham oʻz oʻrniga ega konsepsiya“ deya taʼriflaydi va shunday qoʻshimcha qiladi:

Podkastning mavzusi biror inson bilan jiddiy munosabatda boʻlasizmi yoki yoʻq, sizga maslahatlar berish, quvnoq suhbatlar tashkil etishdan iborat. Aksar podkastlar mazmuni shunchaki maslahat berish emas, balki, shunchaki histerik hikoyalar bilan dildan suhbat qurishdir. Ayollarning oʻz tinglovchilariga beradigan maslahatlarining aksariyati jinsiy aloqa haqida boʻladi. Epizodlarda batafsil tasvirlangan noqulay vaziyatlarning aksariyati tabu haqida gapiradi. Ammo, barcha hikoyalar suhbatni yanada qulayroq tutuvchi quvnoq kontekst asosiga qurilgan[3].

Cooper Spotify bilan 60 million dollarlik eksklyuzivlik shartnomasiga kelishilingandan soʻng, podkastni yoʻnalishini yangilashga qaror qiladi. Dastlab, jinsiy munosabatlar, jinsiy aloqa va shaxsiy hikoyalarga eʼtibor qaratgan Cooper ayollar huquqlari, ruhiy salomatlik va terapiya kabi mavularning ahamiyatiga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qiladi[4]. Mashhurlar, jumladan, shifokorlar va terapevtlar bilan suhbatlar orqali oʻzi va mehmonlari hayotidagi kurashlar va ularga berilgan hamda hozir boshqalarga yordam berish uchun baham koʻrayotgan maslahatlariga chuqurroq kirib boriladi. Cooper odamlarni ilhomlantirishga va tinglovchi ayol-qizlarga yordam berish uchun fikr almashishni maqsad qilib oladi. U shuningdek, oʻz intervyularini tinglagan tomoshabinlar yanada jozibali tuygʻuga ega boʻlishlari uchun video podkastlarga oʻtish fikrini ham oʻylab qoladi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexandra Cooper podkastni 2018-yilda xonadoshi Sofia Franklyn bilan boshlagan. Podkastning tezda mashurlikka erishadi: Ikki oy ichida yuklab olishlar soni 12 000 dan 2 milliongacha koʻtariladi[5].

Barstool Sports asoschisi David Portnoyning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2018-yilda ko-hostinglar bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Ushbu shartnoma 75 000 AQSh dollari miqdoridagi asosiy ish haqini talab etardi. Ushbu podkast ijrosi va mahsulot sotishning bir qismi uchun bonuslar bilan toʻldirilishi kerak boʻlgan. Shartnomada barcha intellektual mulkni Barstool Sportsga taqdim etilgan.

Qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexandra Cooper 2020-yil may oyining oxirida kelajakda Franklinsiz oldinga intilishini aytib, tanaffusdan keyin podkastni yolgʻiz oʻzi olib borishni boshlaydi. Tinglovchilarga tez orada yangi boshlovchi tanlanishini aytadi[6]. Miley Cyrus 2020-yil avgust oyida qayta boshlangan podkastda Cooperga hamrohlikni boshlaydi hamda Liam Hemsworth bilan ajralayotganini muhokama qiladi[7]. Franklyn oxir-oqibatda Sofia with an F nomli shaxsiy podkastini boshlaydi[8]

Spotify tomonidan sotib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cooper 2021-yilning iyun oyida Spotifyda podkastni eksklyuziv ravishda taqdim etish uchun 60 million dollarlik shartnoma imzoladi[1]. Biroq, Barstool hali ham shou savdosi nazorat qilish huquqiga ega edi[2].

Mashhurlik va qabul qilinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda Call Her Daddy Spotifyda eng mashhur beshinchi podkast sifatida qayd etildi[9][10]. 2021- va 2022-yillarda esa The Joe Rogan Experiencedan keyin Spotifydagi ikkinchi eng mashhur podkast boʻlishga erishdi[11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Spangler. „Spotify Clinches $60M-Plus Deal With Alex Cooper for 'Call Her Daddy' Podcast, Yanking It Away From Barstool“. Variety (2021-yil 15-iyun). 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
  2. 2,0 2,1 Dockterman, Eliana (July 21, 2021). „Call Her Daddy's Alexandra Cooper on Her Evolution and Plans for Spotify“. Time. July 27, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 27, 2021.Dockterman, Eliana (July 21, 2021). „Call Her Daddy’s Alexandra Cooper on Her Evolution and Plans for Spotify“. Time. Archived from the original on July 27, 2021. Retrieved July 27, 2021.
  3. Rossy, Aura. „How "Call Her Daddy" is Empowering Women“. The Observer (2018-yil 30-noyabr). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Alex Cooper's 'Call Her Daddy' Shifts Focus Away From Raunch, And Finds A Bigger Audience.“ (en). InsideRadio (2022-yil 23-may). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  5. Lorenz, Taylor. „The 'Call Her Daddy' Feud: What Happened?“. The New York Times (2020-yil 19-may). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  6. Belfiore, Emily. „Call Her Daddy's Alexandra Cooper reveals where she stands With Former Co-Host Sofia Franklyn“. E! Online (2020-yil 27-may). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  7. Petter, Olivia. „Miley Cyrus says she was 'villainised' after split from Liam Hemsworth“ (en). The Independent (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
  8. Roundtree. „Podcaster Sofia Franklyn Loses Advertisers After Foul-Mouthed Attack on Disney Star Who Didn't Answer Her DM“. The Daily Beast (2021-yil 26-may). 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  9. Pesce, Nicole Lyn. „These were the Spotify playlists and podcasts that got us through 2020“. MarketWatch (2020-yil 3-dekabr). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Garvey, Marianne. „Bad Bunny tops Spotify's most-streamed list of 2020“. CNN (2020-yil 2-dekabr). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  11. Spangler, Todd. „Joe Rogan Had the No. 1 Podcast in 2021 on Spotify (Podcast News Roundup)“. Variety (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  12. Spangler, Todd. „Joe Rogan Had the Most Popular Podcast on Spotify in 2022“. Variety (2022-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.

Koʻproq oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]