Buxoro otostegiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro otostegiyasi
Otostegia fruticosa 64768025
Biologik klassifikatsiya
Olam: O'simliklar
Tip: Magnoliophyta
Oila: Lamiaceae
Binar nomi
Otostegia bucharica

Buxoro otostegiyasi — Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyning juda kam saqlanib qolgan, yoʻqolish arafasida turgan kamyob endemik oʻsimligi.

Qisqacha tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 120 cm ga yetadigan kulrang poyasi yuqori qismigacha yogʻochlanadigan yarim buta.Bir yillik novdalari noaniq toʻrt qirrali, sargʻish-oq rangli, tukli.Barglari keng tuhumsimon, bandsiz, toʻmtoq, koʻkimtir-yashil rangli, hurpaygan qalin tukli.Gullari bandsiz, barg qoʻltigʻida 5-8 tadan halqa hosil qilib joylashgan. Guloldi bargchali kuraksimon. Tojbarglari 10-14 mm uzunlikda, oq rangli. Iyun-avgust oylarida gullab,mevasi sentyabr-oktyabrda yetiladi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surxondaryo viloyati:Shoʻrob,Darband va Goʻrxoji qishloqlari atroflarida bir-birdan ajralgan ikkita populyatsiyasi mavjud.Boshqa populyatsiyalari ma'lum emas.

Oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ oldi va togʻ etaklarida, gipsli tepaliklarda, gipsli qoyalarda va baʼzan gipsli ohaktoshlarda oʻsadi.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoʻrob va Darband atroflaridagi populyatsiyada tuplar soni 1800 dan oshmaydi. Goʻrxojidagi populyatsiyada 3000 atrofidagi tuplar oʻsishi aniqlangan.

Ko'chirib o'tish yo'li orqali bu o'imlikning 14% saqlab qolingan.

Buxoro otostegiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(Flora) kitobiga kiritilgan.

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urugʻidan ko'payadi. Ammo keyingi tadqiqotlar davomida urugʻidan koʻpaygan yosh tuplari qayd etilmagan

Oʻsimlik soni va areyalining oʻzgarish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorva mollarning koʻplab boqilishihamda oʻsimlik urugʻiga turli hasharotlarning zarar keltirishi oʻsimlikning kamayishiga sabab boʻlmoqda.

Madaniylashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻzR FA Botanika bogʻida oʻstirish ishlari yaxshi natija bermadi.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻsib turgan joylarda buyurtmaxona tashkil qilish lozim.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.https://www.plantarium.ru/page/view/item/26133.html -> Buxoro otostegiyasi va shu oilaga kiruvchi oʻsimliklarning rasmlari va ular haqida maʼlumotlar. 2.https://www.academia.edu/43591428/Translocation_of_Otostegia_bucharica_a_highly_threatened_narrowly_distributed_relict_shrub -> Buxoro otostegiyasini parvarishlash va ko'chirib o'tish haqida ingliz tilidagi kitob.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. Ahmedov. Buxoro otostegiyasi. Chinor ENK — 265 bet. 
  2. „O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”: respublikamiz o‘simlik dunyosida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?“. academy.uz. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.