Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji
Asos solingan 05.03.2014
Oʻquv yurti turi Mahalliy kollej
Talabalari 1289
Manzili Buxoro shahar, Namozgoh ko'chasi,103
Vebsayti https://www.bngsk.uz

Buxoro neft va gaz sanoat kolleji-Buxoro viloyat hokimining 2000-yil 4-avgustdagi A-158 sonli, hamda „O‘zbekneftgaz“ Milliy Xolding Kompaniyasining 2000-yil 20-iyundagi 54-sonli qaroriga asosan Buxoro gaz sanoati texnikumi bazasida tashkil qilindi. Maydoni-10,5 gektar. Ustavi 2014-yil 5-martda Buxoro shahar hokimiyati tomonidan 355-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.[1]

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollej 2013-yilda toʻliq rekonstruktsiya qilinadi. Buxoro neft va gaz sanoati kolleji 4 qavatli o‘quv-laboratoriya,4 qavatli o‘quv,1 qavatli o‘quv-amaliyot binosi, 47678 nusxa kitob fondidan iborat ARM,o‘quv poligoni, 590 o‘rinli „O‘quvchilar turar joyi“,500 o‘rinli oshxona,2 ta yopiq sport zallari, yopiq suzish havzasi, sport maydondachalari majmuasi, tennis kordidan iborat. Taʼlim muassasasida 58 ta o‘quv xonalari, 6 ta laboratoriya xonalari, 7 ta o‘quv amaliyoti laboratoriya va amaliy-mashg‘ulotlar xonasi, 5 ta ustaxona, 1 ta poligon ham mavjud.

Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Neft va gazni qazib olish ishlari[2] 2.Neft va gaz quduqlarini ekspluatasiya va qidiruv maqsadlarida burgʻilash ishlari[3] 3.Neft va gazni qayta ishlash[4] 4.Gaz-tansport uskunalarini ishlatish[5] 5.Neft va gaz sohasida kimyoviy tahlil ishlari[6] 6.Nasos va kompressor qurilmalarini ishlatish[7] 7.Gazni kamaytirish, hisobga olish va taqsimlash boʻyicha texnologik qurilmalarni ishlatish[8] 8.Avtomatika va nazorat-oʻlchash asboblari sozlovchisi[9] 9.Elektr uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyor[10] 10.Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)[11] 11.Geofizika[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]