Butara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butara (lot. butarium — bochka) — barabansimon galvir (bochka); sochma oltin konlarida qum va qoʻrgʻoshin tosh (kasseterit) ni yuvish uchun moʻljallangan qad. yogʻoch asbob. Keyinchalik aylanadigan silindrik yoki konussimon baraban koʻrinishida tayyorlangan. B.material solish voronkasi, kiya galvir, yuvish teganasi (shlyuz)dan iborat. 19-asr boshlarida keng tarqalgan. Qoʻlda yoki charxpalak yordamida harakatlantirilgan. Ish unumdorligi dastaki B.da 0,8 m³/soat (1—3 kishi ishlagan), ot bilan harakatlantiriladigan B.da 4 m³/soat boʻlgan. Kichik oltin konlarida hozir ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil