Buloqbo'yi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Infobox book

Fountainhead- 1943-yilda rus-amerikalik yozuvchi Ayn Rend tomonidan yozilgan roman, ushbu roman yozuvchining birinchi yirik adabiy muvaffaqiyatidir. Romanning bosh qahramoni Xovard Roark murosasiz xarakterga ega yosh meʼmor boʻlib, u anʼanaviy meʼzonlarga qarshi kurashadi va yangilikni qabul qilishni istamaydigan arxitektura tashkiloti bilan murosa qilishdan bosh tortadi. Roark Rend ideal insonni oʻzida mujassam etgan va uning kurashi Rendning individualizm kollektivizmdan ustun ekanligiga qahramoni misolida ishonchini aks ettiradi.

Roark mustaqillik va halollikdan koʻra qulaylikni afzal koʻradigan odamlarga qarshi. Bular qatoriga Roarkning sobiq sinfdoshi Piter Kiting ham kiradi, u mashhur uslublarga tayanib muvaffaqiyatga erishadi, lekin dizayn muammolarida yordam soʻrab Roarkga murojaat qiladi. Siyosiy va ijtimoiy kun tartibini targʻib qilish uchun oʻz taʼsiridan foydalanadigan sotsialistik arxitektura tanqidchisi Ellsvort Toohey Roarkning karerasini yoʻq qilishga harakat qiladi. Tabloid gazeta noshiri Geyl Wynand ommaviy fikr oqimiga intiluvchi shaxs; u Roark bilan doʻstlashadi, keyinchalik esa jamoatchilik fikri u kutmagan tomonga oʻzgarganida, unga xiyonat qiladi. Romanning eng bahsli qahramoni bu- Roarkning sevgilisi Dominik Frankon edi. Uning fikricha, nomuvofiqlikning gʻalaba qozonish imkoniyati yoʻq, shuning uchun u Roarkga yordam berish va uni bir vaqtning oʻzida uni sindirishga harakat qiladi.

Qoʻlyozmani oʻn ikki noshir rad etadi, shundan soʻng oʻz ishini xavf ostiga qoʻyib, bu ishni Bobbs-Merrill kompaniyasi muharriri chop etadi. Zamonaviy sharhlovchilarning fikrlari keskin ravishda qaram-qarshi edi. Baʼzilari romanni individualizmga qarshi kuchli vosita sifatida maqtashsa, boshqalari esa uni haddan tashqari uzun va qahramonlari ham xushyoqmas deb hisoblashardi. Dastlab, romanni sotish jarayoni skin kechdi, ammo koʻp oʻtmay kitob ogʻzaki ravishda ommalashib ketdi va eng koʻp sotilgan kitobga aylandi. "Fauntainhead " asarining 6,5 milliondan ortiq nusxasi butun dunyo boʻylab sotilgan va u 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Roman Rand uchun yangi muxlislarni jalb qildi va ayniqsa, meʼmorlar, tadbirkorlar, amerikalik konservatorlar va libertarlar orasida oʻzining doimiy taʼsiriga ega boʻldi[1].

Roman bir necha bor boshqa ommaviy axborot vositalarida ham namoyon boʻldi. Rangli koʻrinishi 1945-yilda gazetalarda sindikatlangan. Warner Bros. 1949-yilda roman asosida film suratga oldi; Rend Ssenariyni Rendning oʻzi yozgan, Bosh qahramon Roark rolini esa aktyor Gari Kuper ijro etgan. Tanqidchilar filmni qattiq tanqid qilishdi, bu esa uning moliyaviy tomonini qoplamadi; bir qancha rejissyorlar va yozuvchilar filmni yangidan ishlab chiqdilar. 2014-yilda belgiyalik teatr rejissyori Ivo van Xove roman aosida sahnabop asarni yaratdi, uning bu ishi esa koʻplab ijobiy eʼtiborlarga sazovor boʻldi

Portrait photo of Harold Laski
Xarold Laski Rendning Ellsvort Tuxey obrazi uchun ilhomlantiruvchilaridan biri edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rend 1926-yilda Sovet Ittifoqidan muhojir sifatida Nyu-Yorkka birinchi marta kelganida, u Manxettendagi baland osmonoʻpar binolardan erkinlik ramzi sifatida katta taassurot oldi va ular haqida yozishga qaror qildi[2][3]. 1927-yilda Rend kino prodyuseri Sesil B. DeMille qoʻlida kichik ssenarist boʻlib ishlaydi va Sesil undan 1928-yilda suratga olingan " Osmonoʻpar „ filmi uchun ssenariy yozishini soʻraydi. Dadli Merfining asl hikoyasi osmonoʻpar binoda ishlayotgan ikki quruvchi haqida boʻlib, ular bir ayol sevgisi uchun raqib boʻlgan. Rand uni qayta yozdi va raqiblarni arxitektor obraziga aylantirdi. Ulardan biri, Govard Keyn ulkan toʻsiqlarga qaramay, osmonoʻpar binoni qurishga bagʻishlangan idealist edi. Film Keynning qurib bitkazilgan osmonoʻpar bino tepasida turgani bilan yakunlangan do biroq DeMille Rendning ssenariysini rad etdi va film Merfining asl gʻoyasi asosida suratga olinda. Rendning variantida u “Fountainhead" da ishlatadigan elementlar mavjud edi[4][5]. 1928-yilda Rend taklif qilgan, lekin hech qachon yozilmagan "Kichik koʻcha „ nomli romani uchun eslatma yozdi[6]. Rendning eslatmalarida uning “Fountainhead" asariga kiritilgan elementlar mavjud edi[7]. Oʻlimidan soʻng nashr etilgan Ayn Rand jurnali (1997) uchun eslatmalarni tahrir qilgan Devid Xarriman hikoyaning yovuz qahramonini Ellsvort Toohey personajining dastlabki versiyasi deb taʼriflagan va bu yovuz odamning qahramon tomonidan oʻldirilishi Tuxeyga suiqasdga urinishning oldindan koʻrinishi sifatida tasvirlangan[8].  

A modernist-style house in the woods, with a terrace over a waterfall
Randning Roark binolari haqidagi ta'riflari Fallingwater kabi Frank Lloyd Raytning ishidan ilhomlangan.

[9] Rend oʻz romani uchun fon sifatida arxitektura kasbini tanladi, garchi u bu soha haqida oldindan hech narsa bilmas edi[10]. Sanʼat, texnologiya va biznesni birlashtirgan soha sifatida bu unga oʻzining asosiy mavzularini bir nechta sohalarda tasvirlash imkonini berdi[11]. Keyinchalik Rand arxitektorlar „sanʼatni ham, erkaklarning omon qolishi uchun ham asosiy ehtiyojni“ taʼminlaydi deb yozgan[10].Amerika Arxitektorlar Institutining boʻlimidagi nutqida Rend arxitektura va individualizm oʻrtasidagi bogʻliqlikni keltirib, arxitekturada yaxshilanishlarga ega boʻlgan davrlar, shuningdek, shaxs uchun koʻproq erkinlikka ega boʻlgan davrlar ekanligini aytdi[12]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amerika Qoʻshma Shtatlari arxitekturasi
  • Romantik realizm
  • Eli Jak Kan #Kan va Ayn Rend


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yannella 2011, s. 17
  2. Schleier 2009, s. 123
  3. Ralston, Richard E. „Publishing The Fountainhead“. InMayhew 2006, s. 70
  4. Heller 2009, ss. 65, 441
  5. Eyman 2010, s. 252
  6. Rand 1997, s. 20
  7. Burns 2009, s. 70
  8. Rand 1997, s. 31
  9. novels portal. 
  10. 10,0 10,1 Berliner, Michael S. „Howard Roark and Frank Lloyd Wright“. InMayhew 2006, s. 58
  11. Den Uyl 1999, s. 30
  12. Ralston, Richard E. „Publishing The Fountainhead“. InMayhew 2006, s. 58

Qoʻshimcha havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Ayn Rand