British petroleum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"BRITISH PETROLEUM" (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909-yilda tashkil etilgan. 38% aksiyasi davlatniki. AQSH (Alyaska) (60%) va Shim. dengizdan (40%) neft qazib oladi, 25 mamlakatda neftni qayta ishlaydigan korxonalari bor. Gʻarbiy Yevropaning bir nechta mamlakatlari hududidan oʻtgan yirik neft quvurlarining egasi. Monopoliya yiliga 77,5’ mln. t neft qazib oladi, 96,2 mln. t neftni qayta ishlaydi. Keyingi vaqtlarda "British petroleum " kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun katta mablagʻ sarf qilayotir. Yillik savdo hajmi 46,2 mlrd. dollar, sof foydasi 2,2 mlrd. dollar.