Bradley (Illinois)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bradley
Qishloq
41°8′46.7″N 87°51′32.8″W / 41.146306°N 87.859111°W / 41.146306; -87.859111 G OKoordinatalari: 41°8′46.7″N 87°51′32.8″W / 41.146306°N 87.859111°W / 41.146306; -87.859111 G O
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
shtat Illinois
Mamlakat [[Kankakee]]
shaharcha Bourbonnais
Hukumat
 • Mayor Michael Watson
Asos solingan 1891-yil
Maydon 17.95 km2 (6.93 mi²)
Aholisi
 (2020)
15 419
Zichligi 858.87 kishi/km2
Telefon kodi 815/779
Pochta indeks(lar)i 60915
[[File:|290px|Bradley xaritada]]
Bradley
Bradley

Bradley (sobiq Shimoliy Kankakee) - AQShning Illinoys shtatida Kankakee okrugining chekkasida joylashgan qishloqdir. Aholisi 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra 15 895 kishi edi[1], 2000-yildagi aholini roʻyxatga olishda 12 784 kishidan koʻp.

Bradley Kankakee – Bradley Metropolitan statistik hududining asosiy shahri boʻlib, u butun Kankakee okrugini oʻz ichiga oladi. Okrug, shuningdek, ChikagoNepervilMichigan Siti, IL- IN — WI Birlashgan statistik hududining bir qismidir.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bradley shimoliy-markaziy Kankakee okrugida 41°8′47″N 87°51′33″W / 41.14639°N 87.85917°W / 41.14639; -87.85917 G O (41.146332, −87.859123)[2] da joylashgan. U janubda Kankakee shahri va gʻarbda Bourbonnaisqishlogʻi bilan chegaradosh. Davlatlararo 57 qishloq orqali oʻtadi, 315-chiqishdan (Illinoys 50-yoʻnalishi) kirish mumkin. I-57 shimolga 56 milya (90 km) Chikagoga va janubga 76 milya (122 km) Champaignga olib boradi.

2010-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Bradleyning umumiy maydoni 7.24 kvadrat mil (18.75 km2)ni tashkil qiladi. Bu maydonning barchaqismi quruqlikdan iborat[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1891-yilda Shimoliy Kankakee David Bradley oʻzining Plow Works zavodni tashkil qilgandan soʻng tashkil etilgan va buni eʼtirof etib, 1895-yilda shahar nomini „Bradley City“ (keyinchalik Bradley) ga oʻzgartirgan. Kroehler mebel fabrikasi va Roper korporatsiyasi fabrikasi (oshxona jihozlari va pechlar ishlab chiqaruvchi; ularning faoliyatining bir qismi bir paytlar David Bradley egallagan binoda edi) asosiy ish beruvchi korxonalar edi. 1980-yillarda, Oʻrta Gʻarbning boshqa hududlarda boʻlgani kabi, bu zavodlarning ham ish faoliyati toʻxtatildi va shundan soʻng, bu zavodlarning bir qismi yonib ketdi. Biroq, oʻn yillikning oxiriga kelib, barchasi oʻzgardi. 1989-yilda Wal-Mart birinchi ijarachi sifatida Bradley maydoni deb nomlangan yangi savdo markazi qurdirdi. Ushbu savdo markazdan soʻng koʻplab yangi doʻkonlar ochila boshladi. Northfield Square Mall 1990-yilda ochildi va oʻshandan beri qishloq ravnaq topdi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi o‘sish tarixi
Yil Aholi
19001 518
19101 942279%
19202 12896%
19303 048432%
19403 689210%
19505 699545%
19608 082418%
19709 881223%
198011 015115%
199010 792−20%
200012 784185%
201015 895243%
202015 419−30%
U.S. Decennial Census[4]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobida qishloqda 12784 kishi, 5041 xonadon va 3382 nafar oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi — kvadrat milga 3381,3 aholi (1305,5/km2), oʻrtacha zichligi kvadrat milga 1394,4 (538,4/km2) boʻlgan 5272ta uy-joy mavjud edi. Qishloqning irqiy tarkibi 95,62% oq, 1,23% afro-amerikalik, 0,21% tubjoy amerikalik, 0,68% osiyolik, 0,02% Tinch okeani orollari, 1,20% boshqa irqlardan va 1,04% ikki yoki undan ortiq irqni tashkil qilgan. Har qanday irqning ispan yoki lotin millatiga mansublari 3,61% edi[5].

5041ta xonadonning 33,5 foizi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 51,3 foizi er-xotinlar, 11,0 foizi eri bo‘lmagan bevalar, 32,9 foizi oilasi bo‘lmaganlardan iborat edi. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,49, oilaning oʻrtacha kattaligi 3,03 edi.

Bir oilaning oʻrtacha daromadi 47,984 dollarni tashkil etgan. Erkaklarning oʻrtacha daromadi 38,224 dollarni, ayollarniki esa 24,493 dollarni tashkil qilgan. Qishloq aholisining jon boshiga daromadi 19 035 dollarni tashkil etgan. Oilalarning qariyb 3,6 foizi va aholining 6,8 foizi qashshoqlik chegarasidan past hisoblangan.

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Northfield Square Mall

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

CSL Behring qishloqning janubiy qismlari yaqinida yirik, zamonaviy ishlab chiqarish zavodini boshqargan. Muassasa plazmadan olingan dori-darmonlar va uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻillangan. 2018-yilda ushbu zavod kengayishi kerakligi eʼlon qilindi, uni yakunlash deyarli oʻn ikki yil davom etishi tahmin qilindi. Kompaniya uchun ilgari Bunge Limited tomonidan boshqarilgan yogʻlar zavodi joylashgan ob’ektning janubidan yer sotib olindi va katta modernizatsiyaning bir qismi sifatida mana shu ochiq maydonda qurilishi rejalashtirilgan. Eski oshpazlik moylari zavodi 2015-yilda oʻz faoliyatini to‘xtatgan edi. Qurilish tugallangach, zavod ikki qismga boʻlinadi: shimoliy kampus — hozirgi yangilangan zavodni oʻz ichiga olgan qism hamda janubiy kampus — hozirda qurilayotgan binoning yangi qismi. Ushbu loyiha 200 dan ortiq ish oʻrni yaratishi kutilmoqda va qurilish xarajatlari 450 million dollarni tashkil etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): Bradley village, Illinois“. American Factfinder. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  2. „US Gazetteer files: 2010, 2000, and 1990“. United States Census Bureau (2011-yil 12-fevral). Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
  3. „G001 - Geographic Identifiers - 2010 Census Summary File 1“. United States Census Bureau. 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-avgust.
  4. „Census of Population and Housing“. Census.gov. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  5. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]