Blankennagel Ivan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blankennagel Ivan (18-asr) - rus josus vrachi. Xiva xonining iltimosiga binoan mayor B. 1793-yil vrach sifatida Xivaga yuborilgan. B. Xivada 1793-yil oktabrdan 1794-yil martgacha boʻlgan va amalda Rossiya foydasiga josuslik faoliyati bilan shugʻullangan. Xiva xonligiga 18-asr oxirida qilingan sayohat haqida asar yozgan. Risolada (1794) Xiva xonligining ichki va tashqi ahvoli bayon qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil