Bir zarbali odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bir zarbali odam

Anime logotipi
Rejissyor(lar) Shingo Natsume
Ssenariynavis(lar) Tomohiro Suzuki
Bastakor(lar) Makoto Miyazaki
Studiya(lar) MadHouse
Chiqarilgan sanasi 4-dekabr 2015-yil
Davomiyligi

1-fasl: 25 daqiqa 12 + 6 seriya

2-fasl: 25 daqiqa 12 seriya
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha, ruscha, o'zbekcha[1].

Bir zarbali odam (yaponchaワンパンマン) – shu nomli mangaga asoslangan yapon animesi boʻlib, fantastika,ekshen,syonen,komediya, jangari va super kuch kabi anime janrlarda yaratilgan. Hozirgacha animening ikki fasli taqdim etilgan boʻlib, 2022-yil avgust oyida animening uchinchi fasli chiqishi eʼlon qilindi. 2024-yil fevral oyida „Bir zarabali odam“ animesining uchinchi fasli uchun treyler chiqishi eʼlon qilindi va ovoz aktiyorlari haqida maʼlumotlar berildi[2].

Manga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir zarbali odam mangasi ONE taxallusi ostida ijod etuvchi Yusuke Murata tomonidan tasvirlangan boʻlib, uning dastlabki qisimlari 2009-yil 3-iyuldan muallifning shaxsiy veb saytida nashir etilgan[3]. Manga yaxshi natijalarga erishgach 2012-yildan Shueisha manga jurnalining Young Jump Web Comics veb-sayti orqali muhlislar eʼtiboriga havola etiladi va iyun oyi holatiga koʻra 7.9 millon marta koʻrilib yaxshi natija qayd etdi[4]. 2018-yil may oyi holatiga koʻra manganing 134 ta jildi veb-saytda chiqarilgan[5].

Anime[tahrir | manbasini tahrirlash]

Weekly Young Jump jurnali oʻzining 2015-yil 10-martdagi 15-sonida Bir zarbali odam mangasi asosida anime serial yaratilishini maʼlum qildi[6]. Manga, rejissyor Shingo Natsume boshchiligida anime serialga moslashtirildi hamda MadHouse studiyasida yaratiladigan boʻldi[7]. Bosh animator va personaj dizayner Chikashi Kubota, bastakor Makoto Miyazaki hamda dizaynerlar Shigemi Ikeda va Yukiko Maruyama boʻib ular anime yaratilishida ishtork etishdi.[8]. Bir zarbali odam animesi Yaponiyada 2015-yilning 5-oktabrdan 21-dekabrgacha dastlab Tokyo TV- da, keyin esa TVO, TVQ, KBS, BS Japan va AT-X telekanallarida namoyish etilib, har biri 24-25 daqiqalik jami 12 seriya va qoʻshimcha 6 ta OVA taqdim etildi[9]. Bundan tashqari anime seriyalari Niconico, Hulu, Daisuki va Viz Medianing Neon Alley tarmogʻi kabi turli media xizmat koʻrastuvchilar orqali ham namoyish etilgan. Barcha ommaviy namoishlardan oldin anime premyerasi 2015-yil 6-sentabrda Saitama shaharining madaniyat markazida boʻlib oʻtdi[10]. Anime dunyoning turli davlatlarida ham namoish etildi. Animeni erkin namoish etish uchun Shimoliy Amerikada Viz Media studiyasi, Buyuk Britaniya uchun Kaze UK va Avstraliya hamda Yangi Zelandiya uchun Madman Entertainment litsenziyalangan va tarjima qilishgan[11].

Animening birinchi mavsumi muoffaqiyat qozongach, ikkinchi mavsum taqdim etilishi 2016-yil sentyabr oyida eʼlon qilindi[12]. Bu safargi ikkinchi mavsum JC Staff studiyasida tayyorlanadigan boʻldi. Bu gal Chikara Sakurai yangi rejissyor va Yoshikazu Ivanami ovoz rejissyori sifatida animeni yaratishdi[13]. Ikkinchi mavsum 2018-yil 12-avgustdan 2019-yil aprel oyiga qadar efirga uzatildi[14].

Birinchi mavsum

No Qism nomi Yaponcha nomi Namoish sanasi
1 Eng kuchli odam 強の男 2015.04.10
Yolgʻiz Kiborg  高のサイボーグ 2015.11.10
Obesif olim  念の科学者 2015.18.10
Zamonaviy ninja  時の忍者 2015.25.10
5 Eng buyuk oʻqtuvchi 究極の師 2015.01.11
Dahshatli shahar  恐の都市 2015.08.11
7 Ajoyib shogirt 至高の弟子 2015.15.11
8 Chuqur dengiz qiroli 深海の王 2015.22.11
9 Oʻzgarmas adolat 不屈の正義 2015.29.11
10 Chidab boʻlmas xavf かつてない程の危機 2015.6.12
11 Koinot hukumdori 全宇宙の覇者 2015.13.12
12 Eng kucli qahramon 最強のヒーロー 2015.20.12

Ikkinchi mavsum

No Qism nomi Yaponcha nomi Namoish sanasi
13 Qahramonning qaytish ヒーローの帰還 2019.09.04
14 Monster Man 人間の怪物 2019.16.04
15 Ov boshlanadi 狩りの始まり 2019.23.04
16 Poʻlat koʻrshapalak 金属のバット 2019.30.04
17 Jang sanʼati turniri 武術の大会 2019.07.05
18 Monsters yuksalishi 怪人の蜂起 2019.14.05
19 S toifasi qahramonlari S 級のヒーロ 2019.21.05
20 Kuchlilarning qarshiligi 強い仲間の抵抗 2019.28.05
21 Jiddiy muammo 最強の悩み 2019.11.06
22 Atrofdagi adolat 正義の包囲網 2019.18.06
23 Magʻrurlik turlari それぞれの矜持 2019.25.06
24 Talabadan keyin 弟子の尻拭い 2019.02.07

Bundan tashqari anime uchun har bir fasil uchun oltitadan jami 12 ta OVA yaratilgan hamda efirga uzatilgan[15].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anime qahramoni boʻlmish Saitama oʻz qahramonliklarini hechn qanday qurol, texnika, koʻzidan chiquvchi lazer nuri yoki quloqni kar qiluvchi qichqiriq bilan emas balki oddiy birgina zarba orqali hal etadi. Bu yosh yigit kal boshi va zaif gavdasiga qaramay oʻzida nihoyatda katta kuchni jamlagan boʻlib, uning birgina zarbasi ulkan mahluqlarni chil parchin etardi. Agar yerga mush bilan urzsa uni kunbayakut qilar edi. Qahramoning bu qobilyati tufayli ham animega nima uchun „Bir zarbali odam“ deb nom berishganini tushunish qiyin emas. Chetdan hammasi yaxshi, Saitama yengib boʻlmas darajada kuchli edi. Aynan shu qobilyati uning uchun hayotni zerikarli qilib qoʻyadi va oʻzi yashovchi Z shahriga sigʻmay ham qoldi. Saitama oʻzidagi bu zerikshni yengish va munosib raqib topish maqsadida milloner Agoni tomonidan yirtqich hayvonlar hamda yovuz kuchlarga qarshi tuzulgan qahramonlar jamiyatga aʼzo boʻlishga qaror qiladi. Imtixonda padst ball toʻplaganiga qaram qahramonimiz jamiyatning quyi darajsiga qabul qilinadi. Taqir bosh qahramon bu yerda yangi doʻstlar va tnishlar ortiradi hamda oʻz sarguzashtlarini boshlaydi. [16].

Ovoz aktiyorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir zarbali odam animesi One-Punch Man nomi bilan dunyoga mashxur multi mediyalardan biri boʻlib, dastavval yapon tili hamda ingliz tilda ovozlashtirilgan. Keyinchalik turli tillarda dublyaj qilingan boʻlib, oʻzbek tilida havaskor studiyalar orqali oʻgirilgan versiyalri mavjud[17].

No Qahramon nomi Yaponcha nomi Ovoz aktiyorlari
1 Saitama サ イタマ Makoto Furukawa
Genos ジェノス Kaito Ishikawa
Bang バ ング Kazuhiro Yamaji
Portlash キング Kazuhiro Yamaji
5 Garou ガ ロウ Hikaru Midorikava
Fubuki 恐の都市 Saori Xayami
7 Qirol キング Hiroki Yasumoto[18]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://mover.uz/watch/aURDSThP
  2. https://www.animenewsnetwork.com/news/2024-02-29/one-punch-man-season-3-anime-trailer-reveals-staff-cast/.208147
  3. https://www.crunchyroll.com/news/latest/2015/3/7/one-punch-man-anime-greenlit
  4. https://www.animenewsnetwork.com/news/2013-01-14/viz-shonen-jump-alpha-adds-one-punch-man-manga
  5. http://galaxyheavyblow.web.fc2.com/
  6. https://www.animenewsnetwork.com/news/2015-03-07/one-punch-man-manga-gets-tv-anime/.85713
  7. https://www.animenewsnetwork.com/news/2015-03-20/one-punch-man-anime-features-kaito-ishikawa-makoto-furukawa-madhouse/.86173
  8. https://www.animenewsnetwork.com/news/2015-09-06/one-punch-man-anime-3rd-video-unveils-more-of-cast-jam-project-song-debut-date/.92594
  9. https://onepunchman-anime.net/onair/#/season2
  10. https://onepunchman-anime.net/onair/#/season2
  11. https://www.animenewsnetwork.com/news/2015-07-02/viz-adds-legend-of-galactic-heroes-novels-one-punch-man-anime/.89995
  12. https://www.animenewsnetwork.com/news/2015-09-24/one-punch-man-manga-10th-volume-listed-with-ova/.93324
  13. https://www.animenewsnetwork.com/news/2016-09-25/one-punch-man-tv-anime-gets-2nd-season-game-app/.106871
  14. https://onepunchman-anime.net/news/archives/1884
  15. https://www.animenewsnetwork.com/news/2019-04-10/one-punch-man-season-2-gets-original-video-anime/.145552
  16. https://amediatv.uz/season/6546245d1cfa877ad564f4b8
  17. https://amediatv.uz/season/6554dcc70776f55b15da4f27
  18. https://www.animenewsnetwork.com/news/2018-08-12/one-punch-man-anime-season-2-unveils-teaser-jam-project-return-april-premiere/.135393