Bhopal falokati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bhopal falokati qurbonlariga memorial. Devorda Bhopal falokati 1984—?. Azob davom etmoqda, kurash ham. deb yozilgan.

Bhopal falokati yoki Bhopal fojiasi Hindistonning Bhopal shahrida 1984-yil 2-3-dekabrida sodir boʻlgan gaz sirqishi hodisasi boʻlib, qurbonlari soniga koʻra dunyoning eng katta sanoat falokatlaridan biridir.[1] Falokat Union Carbide India Limited (UCIL) kompaniyasiga tegishli pestitsid zavodidan metilizotsianat va boshqa zaharli gazlarning sizib chiqishi bilan boshlandi. 500 mingdan ziyod aholi zaharlandi.[2] Halok boʻlganlar soni turlicha baholanadi. Rasmiy xabarga binoan falokat kechasi 2 mingdan ziyod odam halok boʻldi. Madhya Pradesh shtati hukumati 3787 nafar kishining zaharlanib oʻlgani haqida xabar chiqardi.[3] Boshqa taxminlarga binoan gaz sirqishidan keyingi ikki hafta ichida 8 ming kishi halok boʻlgan, yana 8 ming kishi shu kungacha gazdan kasallanib, vafot etgan.[4][5] 2006-yilgi hukumat bayonnomasida gaz sirqishi 558 125 jarohat, bulardan 38 478 nafari qisman, 3 900 nafari esa batamom nogiron boʻlib qolgani taʼkidlanadi.[6]

UCIL Union Carbide Corporation (UCC) ning Hindistondagi boʻlimi boʻlib, qisman hind hukumati boshqaruvi ostida edi. 1994-yilda UCC UCIL ni Eveready Indistries India Limited (EIIL) ga sotdi. EIIL 1998-yilda falokat joyini tozalab, sobiq zavod joyini Madhya Pradesh hukumatiga topshirdi. 2001-yilda Dow Chemical Company UCC ni sotib oldi.

Bhopal tuman sudida UCC va Warren Anderson (fojia paytidagi UCC direktori) ga qarshi fuqarolik va jinoiy ishlar koʻrib chiqilmoqda.[7][8] 2010-yil iyunida yettita UCIL xodimi aybdor deb topilib, har biri $2 ming jarima va ikki yillik qamoq jazosiga tortildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Bhopal trial: Eight convicted over India gas disaster“. BBC News (7-iyun 2010-yil). 2010-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-iyun.
  2. Varma, Roli (2005). „The Bhopal Disaster of 1984“. Bulletin of Science, Technology and Society. {{cite magazine}}: Unknown parameter |coauthors= ignored (|author= suggested) (yordam)
  3. „Madhya Pradesh Government : Bhopal Gas Tragedy Relief and Rehabilitation Department, Bhopal“. Mp.gov.in. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
  4. Eckerman, Ingrid. Chemical Industry and Public Health—Bhopal as an example (PDF), 2001.  Essay for MPH. A short overview, 57 pages, 82 references.
  5. Eckerman, Ingrid. The Bhopal Saga—Causes and Consequences of the World's Largest Industrial Disaster. India: Universities Press, 2005. ISBN 81-7371-515-7.  (Wayback Machine saytida 2007-06-10 sanasida arxivlangan) arxiv nusxasi, 2007-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-03 Preview Google books All known facts 1960s – 2003, systematised and analysed. 283 pages, over 200 references.
  6. AK Dubey.. „Bhopal Gas Tragedy: 92% injuries termed "minor"“ (21-iyun 2010-yil). 2010-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-iyun.
  7. „Company Defends Chief in Bhopal Disaster“. New York Times (3-avgust 2009-yil). Qaraldi: 2010-yil 26-aprel.
  8. „U.S. Exec Arrest Sought in Bhopal Disaster“. CBS News (31-iyul 2009-yil). Qaraldi: 2010-yil 26-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]