Berendeylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berendeylar — rus yilnomalarida 11-asrdan 12-asr oxiriga qadar tilga olingan turkiy koʻchmanchi qabila. B. nomi baʼzi tarixchilar (S. Pletneva) fikriga koʻra "boyandurlar" nomining ruscha notoʻgʻri atalishidir. 11-asrning 2-yarmida B. boshqa turkiy xalklar (bijanaklar, torklar) bilan birga rus yerlarining jan. rayonlariga (Kiyev, Pereyaslav knyazliklariga yaqin) kelib joylashib olgan. taxminan 1146-yilda bular bitta qabilaga birlashib, "qoraqalpoklar" ("chernie klobuki") deb atalgan. Moʻgʻullar istilosi vaqti (13-asr boshi)da B.ning bir qismi Bolgariya va Vengriyaga borib joylashgan, yana bir qismi Oltin Oʻrda aholisiga qoʻshilib ketgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil