Bendzin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bendzin — Polsha jan.dagi shahar, yuqori Sileziya aglomeratsiyasida. Aholisi 76,2 ming kishi (1990). Toshkoʻmir qazib olinadi. Mashinasozlik. rangli metallurgiya, sement, poyabzal sanoati korxonalari bor. Issiqlik elektr st-yasi ishlab turibdi. 14-asrda qurilgan qalʼa (hozirgi oʻlkashunoslik muzeyi) saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil