Benazir Bhutto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Benazir Bhutto
بینظیر بھٹو
Benazir Bhutto.jpg
Flag of Pokiston Pokiston siyosatdoni
Tavallud sanasi: 21-iyun, 1953-yil(1953-06-21)
Tavallud joyi: Karachi, Pokiston
Vafot sanasi: 27-dekabr, 2007-yil(2007-12-27)
(54 yoshda)
Vafot joyi: Ravalpindi, Pokiston

Benazir Bhutto (IPA: [beːnɜziːr bʰʊʈʈoː]; urdu: بینظیر بھٹو, sindhi: بینظیر ڀُٽو;1953 -yil21 iyunda Karachida tugʻilgan; 2007 yili 27 dekabr kuni Rawalpindi shahrida vafot etgan[1]) Pokistonlik siyosatchi. Bhutto sobiq koloniya boʻlgan Musulmon davlatini boshqarish uchun saylangan birinchi ayol hisoblanadi. U ikki marta Pokiston Bosh Vaziri lavozimiga saylangan. Ilk bor 1988-yilda oʻz lavozimiga kirishib, ammo 20 oy oʻtgach oʻsha paytdagi prezident Gʻulom Isʼhoq Xon farmoniga koʻra korrupsiyada ayblanib, mansabidan olib tashlangan. 1993-yilda Bhutto qayta saylangan boʻlsada,1996-yilda ayni ayblovlarga koʻra prezident Farux Legʻari tomonidan lavozimidan boʻshatilgan. Bhutto 1998-yildan 2007-yilning 18 oktyabrida, General Musharraf bilan oʻzaro kelishuvi natijasida unga amnistiya eʼlon qilinib, barcha ayblovlar olinib, Pokistonga qaytgunicha Dubayda surgunlikda hayot kechirdi.

U sobiq bosh vazir, Pokistonlik Sindhi , Zulfikar Ali Bhutto hamda Pokistonlik Eroniy-Kurd kelib chiqishiga ega Begum ("Xonim, Begim")Nusrat Bhuttolarning to'ng'ich farzandidir. Uning ota tarafidan buvasi Hindistonning Haryana shtatida joylashgan Bhatto Kalan shahridan Larkana Sindh shahriga kelgan Sir Shah Nawaz Bhutto hisoblanadi. Bhutto hamda turmush o'rtog'i Asif Zadari, o'z jiyani - Fatima Bhutto va boshqalar tomonidan Bhuttoning akasi Murtaza Bhuttoning 1996 yilgi o'limida javobgar deya ayblanishadi.

Ta'lim va shaxsiy hayot[tahrir]

Bhutto Karachida Lady Jennings Nursery School hamda keyinroq Convent of Jesus and Mary'da tahsil olgan. Rawalpindi Presentation Conventdagi ikki yillik o'qishdan so'ng, u Murreega Jesus and Mary Conventga yuboriladi. U o'zining O-daraja imtihonidan 15 yoshida o'tgan.

Dastlabki ta'limini Pokistonda olgan Bhutto, o'zining yuqori darajalariga AQShda erishgan. 1969-yildan 1973-yilgacha Radcliffe kolleji;keyinroq qiyosiy hukumat sohasida cum laude bo'lib B.A darajasini olgan Garvard Universitetida tahsil oldi. U yana Phi Beta Kappaga ham saylangan. Ta'lim olishning keyingi pallasi Birlashgan Qirollikda kechdi. 1973-1977-yillar oralig'ida Bhutto Falsafa, Siyosat va Iqtisodiyot fanlarini Lady Margaret Hall, Oksfordda o'qidi. Oksforddaligida Xalqaro Huquq va Diplomatiya kursini ham tugatgan. 1976-yil Dekabrida u Oksford Uyushmasi (Oxford Union) prezidenti sifatida saylanib, nufuzli debat uyushmasini boshqarayotgan birinchi Osiyolik ayol bo'ldi. 1987 yil 18 Dekabr Karachida u Asif Ali Zardariga turmushga chiqdi. Ularning uch nafar farzandlari - Bilawal, Bakhtwar va Aseefa bor.

Oila[tahrir]

Benazir Bhuttoning otasi, sobiq Bosh Vazir Zulfikar Ali Bhutto, 1975 yilda keyinchalik Benazir Bhuttoga nisbatan qo'yilgan kabi ayblovlar bilan ishdan bo'shatilgan edi. Keyinroq, 1977 yilda dissident siyosatchi Ahmed Raza Kasurining otasini o'ldirilishida ishtirok etganlikda ayblanib, Zulfikar Ali Bhutto o'limga hukm qilingan. Jamoat tomonidan "keng tarzda shubhalanilishiga" hamda chet el liderlarining qarshiliklariga qaramasdan, Zulfikar Ali Bhutto 1979-yil 4 Aprelda dorga osish orqali qatl qilindi. Ayblovlarni qayta ko'rib chiqish uchun bo'lgan barcha appellyatsiyalar o'sha paytdagi prezident Muhammad Zia-ul-Haq tomonidan qaytarildi. Benazir Bhutto va uning onasi Zulfikar Bhuttoning qatl etilishidan keyin, May oyining oirigacha "politsiya mahkamasi"da ushlab turildi. 1980-yilda, Benazir Bhuttoning akasi Shahnawaz Fransiyada shubhali holatda o'ldirildi. Boshqa bir akasi, Mir Murtazaning 1996-yilda o'ldirilishi, Bhuttoning Bosh Vazir sifatidagi ikkinchi muddatining notinch bo'lishiga sabab bo'ldi.

Bosh Vazir[tahrir]

O'qishni bitirib Pokistonga qaytib kelgan Bhutto, otasinig qamoqqa olinishi va keyinchalik qatl etilishiga aloqali ravishda, uy hibsi (arrest)da saqlandi. 1984-yilda Birlashgan Qirollikka qaytib kelishga ruhsat olgan Bhutto otasining partiyasi, Pokiston Xalq Partiyasi (PXP)ning surgundagi lideri bo'lib olgan bo'lsada, Pokistonda o'z siyosiy kuchini General Muhammad Zia-ul-Haq o'limiga qadar ko'rsata olmadi. 1988-yil 16 Noyabrda, bir dekadadan uzoqroq davom etgan vaqt oralig'idagi birinchi ochiq saylovlarda, Benazirning PXPsi Milliy Assambleyada eng ko'p o'rinlarni egalladi. 2 Dekabrda koalitsiyon hukumatning Bosh Vaziri sifatida ishga kirishgan Bhutto, 35 yoshida eng yosh hamda hozirgi kundagi Musulmon ko'pchilikni tashkil etadigan davlat hukumatini boshqarayotgan birinchi ayol kishi bo'ldi. O'sha yilning o'zida People Magazine Bhuttoni eng chiroyli 50 ta kishi ro'yxatiga qo'shdi. Bhuttoning hukumati 1990 yilda korrupsiya ayblovlariga ko'ra tarqatib yuborildi. Zia'ning davomchisi Nawaz Sharif hukumat tepasiga keldi. Bhutto 1993 yilda qayta saylandiyu, lekin uch yil o'tgach yana corrupsiya atrofidagi janjallar tufayli prezident Farooq Leghari tomonidan 8-O'zgartirish asosida, hukumatni tarqatib yuborish orqali, yana ishdan bo'shatildi. Benazirga nisbatan tanqid asosan Punjab elitasi hamda kuchli mahalliy oilalar tomonidan uning mahalliy feodallarni mamlakatni parokandalikka olib kelayotganlikda ayblab, Pokistonda milliy reforma o'tkazish haqidagi fikrlariga nisbatan bildiriladi.

Musharraf diskvalifikasiyasi[tahrir]

2007-yil 17 sentyabrda Benazir Bhutto Pervez Musharrafning kuchlari demokratik islohotlar va davlatni o'zaro bo'lishib boshqarishga qilayotgan qarshiliklari Pokistonni krizisga olib kelayotganlikda ayblagan. Oliy Sudning 9 a'zosidan iborat panel Musharrafning mamlakat prezidentligiga noloyiq ekanligini da'vo qiluvchi 6 ta arizani (shu jumaladan Pokistonning eng katta Islomiy guruhi Jamaat el-Islamining arizasi ham)ko'rib chiqdi. Bhutto o'z partiyasining biror oppozitsion partiyalardan biriga, Nawaz Sharif partiyasiga qo'shilishi mumkinligini ta'kidladi.

Ayollar borasidagi siyosat[tahrir]

Saylov kampaniyalari davomida Bhutto hukumati ayollarning ijtimoiy va sog'lik masalalari, shu jumladan ularga nisbatan diskriminatsiya borasidagi havotirlarini ovoza qilishdi. Bhutto ayollar politsiya mahkamalari, sudlari va ayollar rivojlanish banklarini tashkil etish borasidagi rejalarini e'lon qildi. Ushbu va'dalarning berilishiga qaramasdan, Bhutto ayollar turmush tarzini yaxshilaydigan hech bir qonunchilikni ilgari surmadi. O'zining saylov kampaniyasi davomida ayollar huquqlarini buzuvchi ziddiyatli qonunlar (Hudood va Zina kabi buyruqlar)ni bekor qilishga va'dalar bergan. Biroq, uning partiyasi hukumatda turgan vaqtlarida ham, oppozitsiya tomonidan bo'lgan kuchli bosim tufayli, bergan va'dalarini to'liq bajara olmadi. Bosh Vazir sifatida ishdan olinganidan keyingina, Musharraf davrida uning partiyasi Zina'ni bekor qilish to'g'risidagi qonunchilikni qabul qilish tashabbusini ko'rsatishdi, lekin bu taklif o'sha paytda qonunchilikda katta kuchga ega diniy, o'ng qanot partiyalari qarshiliga uchrab, yengildi.

Tolibonlar borasidagi siyosat[tahrir]

Tolibonlar 1996-yil Sentyabrida Qobulda hukumattepasiga kelishdi. Tolibonlarning Afg'onistonda mashhurlahuvi, Bhuttoning hukumat tepasidagi davrlarga to'g'ri keldi. Stephen Collning aytishiga ko'ra, Bhutto Tolibonlarni Afg'onistonni barqarorlashtiruvchi hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-sotiqni yo'lga qo'yuvchi kuch sifatida qaragan. Ushbu muallif Bhutto hukumatining Tolibonlarni harbiy va moliyaviy tomondan qo'llab quvvatlagani, hatto kichik Pokiston harbiy qo'shinini yuborganligini ta'kidlaydi. Yaqinda Bhutto Tolibonlarga qarshi pozitsiyaga o'tib, Tolibonlar va ularning qo'llab quvvatlovchilari tomonidan amalga oshirilgan terroristik aktlarni qoraladi.

Surgun[tahrir]

O'sha paytdagi prezident tomonidan korrupsiyada ayblangan Bhutto hukumati Oktyabr saylovlarida mag'lubiyatga uchradi. Nawaz Sharif hukumat tepasida bo'lgan kelasi uch yil davomida, Bhutto oppozitisya lideri bo'lib turdi. 1993 yil Oktyabrida yana saylovlar o'tkazilib, PXP koalitsiyasi g'olib bo'ladi va Bhutto hukumatga qaytib keladi. 1996 yilda hukumat yana bir bor korrupsiya ayblovlari tufayli tarqatildi.

Pokistonga qaytish va hayotiga tajovuz[tahrir]

Dubay va Londonda sakkiz yillik surgundan keyin, Bhutto Karachiga 2007 yilning 18 oktyabrida 2008 yilgi milliy saylovlarga tayyorlanish uchun qaytib keldi. 2007 yil 18 oktybar kuni, Bhutto Jinnah International Airportga qo'nib, uni tark ketganidan biroz o'tgach, Karachiga ketish yo'lida ikkita portlash sodir bo'ldi. U bundan zarar ko'rmagan bo'lsada, keyinchalik aniqlanishicha suisid bomba atakasi bo'lgan bu portlashlar natijasida 136 kishi halok bo'lib, 450 tasi yaralandi. Qurbon bo'lganlar orasida Bhutto ekipajini havfdan saqlash uchun o'z tanalari bilan o'rab olgan PXPning qo'riqchilaridan kamida 50 tasi hamda 6 ta politsiya offiserlari tashkil etadi. Bhutto voqea joyidan hech qanday zararsiz olib ketiladi. Bhutto keyinchalik Pokiston hukumatini suisid bomba hujumlari bo'lishi haqida ogohlantirganligini ta'kidlab o'tgan.

Bhutto oʻlimi[tahrir]

27-dekabr, 2007 yili Bhutto Islomoboddan 13 km uzoqlikdagi Ravalpindi shahrida oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida xudkush portlatuvchi tomonidan oʻldirildi. Boʻyin qismi va koʻkragi oʻq otgan xudkush portlatuvchi koʻp oʻtmay oʻzini portlatib yuborib yana 20 ta odamni halok qildi.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]