Bektur Asanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bektur AsanovJalolobod viloyati gubernatori, Qirgʻizistonning Pokistondagi elchisi[1].


Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalolobod viloyatining Suzoq tumani, Qoradaryo qishlogʻida tug‘ilgan. Lola inqilobida faol qatnashgan. U Qirg‘iziston Jismoniy tarbiya va sport, yoshlar ishlari va bolalarni himoya qilish davlat agentligini boshqargan, Jogorku Kengesh deputati etib saylangan.

1992-1995 - "Erkin Qirg'iziston" partiyasi siyosiy kengashi rahbari o'rinbosari

1999-yil - "Erkin Qirg'iziston" partiyasining Jalolobod viloyat bo'limiga rahbarlik qilgan

2000-yil - "Erkin Qirg'iziston" progressiv demokratik partiyasi raisining o'rinbosari

2000-2005 - Jogorku Kengesh deputati

2005-yil - 2005-yil mart inqilobi paytida Jaloloboddagi norozilik shtabining rahbarlaridan biri

2005-2008 - Qirg'iziston Jismoniy tarbiya va sport, yoshlar bilan ishlash va bolalarni himoya qilish davlat agentligi rahbari

2009-2010 - Qirg'izistonning Pokistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi[2].

2010-2011 - Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati gubernatori

2011 yil - "Egemen Qirg'iziston" partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko'rsatilgan, davlat tili imtihonidan oldin o'z nomzodini qaytarib olgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]