Behigul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Behigul
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Behigul (Chaenomeles japonica)— raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 1,5–2 m. Barglari toʻgarak yoki uzunchoqtuxumsimon. Erta bahorda barg chiqarmasdan yoki barg chiqarishi bilan gullaydi. Gullari kizil, pushti, baʼzan oq rangda toʻp boʻlib (2—6 tadan) joylashadi. Vatani—Yaponiya va Xitoy. Oʻzbekistonda B.ning erta bahorda gullaydigan turi xushmanzara oʻsimlik sifatida istirohat bogʻlariga ekiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil