Bebek masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bebek masjidi
turkcha: Bebek Camii
Hümayun-u Obod masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beşiktaş (Beshiktosh) tumani, Bebek mahallasi
Koordinatalar 41°04′37″N 29°02′39″E / 41.07681°N 29.04411°E / 41.07681; 29.04411 G OKoordinatalari: 41°04′37″N 29°02′39″E / 41.07681°N 29.04411°E / 41.07681; 29.04411 G O
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor meʼmor Kemaliddin
Binokorlik sanasi 1877 yil
Gumbazlar soni 4 ta yarim gumbazlar
Minoralar soni 1
Qurilish materiali ohaktoshlar
Bebek masjidining Bosfordan koʻrinishi

Bebek masjidi (turkcha: Bebek Camii), rasmiy nomi Hümayun-u Obod masjidi (usmonli turkcha: Hümayûn-u Âbad Cami) – 1913-yilda qurilgan masjid, Turkiyaning Istanbul shahri, Beşiktaş (talaffuzi: Beshiktosh) tumani, Bebek mahallasida joylashgan.

Bebek masjidi meʼmor Kamoliddin (1870–1927) tomonidan loyihalashtirilgan va Bebek shahrida vazir Nevşehirli Damat Ibrohim posho (talaffuzi: Nevshehirli Damat Ibrohim posho) (1666–1730) tomonidan foydalanishga topshirilgan masjid oʻrnida bunyod etilgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bebek masjidi Jevdet posho koʻchasida past beton devorlar bilan oʻralgan hovli ichida joylashgan. Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, ohaktoshdan bunyod etilgan. Binoning old va orqa tomonida ikkitadan, yon tomonlarida oltita hamda ularning tepasida jami 28 ta derazalar mavjud. Masjid gʻarbiy devorga tutash baland poydevor ustiga qurilgan koʻp burchakli minoraga ega. Minora ayvonining pastki tomoni uch qator muqarnas bilan bezatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]