The Beatles

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Beatlesdan yoʻnaltirildi)
The Beatles
Kelib chiqishi Liverpool, Angliya
Mamlakat Buyuk Britaniya
Faoliyat 1960–1970
(Qisman qayta birlashuv: 19941995)
Janr Rock/Pop[1]
Leybl Parlophone, Capitol, Apple
Vee-Jay, Polydor, Swan, Tollie
Tarkib John Lennon
Paul McCartney
George Harrison
Ringo Starr
Sobiq aʼzolar Stuart Sutcliffe
Pete Best
Veb-sahifa www.beatles.com

"BITLZ" (ing . "The Beatles") — ingliz vokalcholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-y.lar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. MakKartni bilan J. Lennon ijod qilgan. "B." dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966 y.gacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967 y.dan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970 y.da tarqalib ketgan. "B." guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtargan. [2]

The Beatles yoki Beatles (talaffuzi: Bitlz) Liverpullik ingliz musiqiy guruhi boʻlgan. The Beatles ommaviy madaniyat tarixidagi eng omadli guruh deb hisoblanadi.[3]

The Beatles AQShda eng koʻp sotiladigan albomlar chiqargan.[4] Buyuk Britaniyada The Beatles'ning 40 dan ortiq turli singllari va albomlari chartlarda birinchi oʻrinlarga chiqqan. EMI leybl kompaniyasiga koʻra, 1985 yilgacha dunyoda The Beatles'ning bir milliarddan ortiq disk va kassetalari sotilgan.[5] 2004 yili Rolling Stone jurnali The Beatles'ni 100 nafar Eng Buyuk Artistlar roʻyxatida birinchi pogʻonaga loyiq koʻrdi.[6] Ularning musiqiy faoliyati XX asr madaniyatini shakllantirdi.

Diskografiya[tahrir]

Guruhning Buyuk Britaniyada chiqarilgan asosiy studiyaviy albomlari

Yil Nomi Ma'lumot
1963 Please Please Me Studiyaviy albom
1963 With The Beatles Studiyaviy albom
1964 A Hard Day's Night Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1964 Beatles For Sale Studiyaviy albom
1965 Help! Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1965 Rubber Soul Studiyaviy albom
1966 Revolver Studiyaviy albom
1967 Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band Studiyaviy albom
1967 Magical Mystery Tour Studiyaviy mini albom (2 ta plastinka), albom bilan bir hil nomlangan film uchun tarona
1968 The Beatles Studiyaviy albom (2 ta plastinka), «White Album» («Oq Albom») nomi bilan mashhur
1969 Yellow Submarine Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek
1969 Abbey Road Studiyaviy albom
1970 Let It Be Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek

Ilovalar[tahrir]

  1. The Beatles rock va pop'ning juda koʻp janrlarida ijod etishgan.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. The Beatles: Biography
  4. The American Recording Industry Announces its Artists of the Century
  5. The Beatles - Biography
  6. The Immortals: The First Fifty

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]