Bazumi tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bazumi tizmasi - Kichik Kavkazdagi togʻ tizmasi. Armaniston Respublikasining shim. qismida. Uzunligi 70 km. Eng baland joyi 3016 m. Asosan granitlardan tuzilgan. Yon bagʻirlari dasht, butazor va oʻrmondan iborat. Baland qismlarida subalp va alp oʻtloqdari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil