Baxt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxt — maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Kishi oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqish, yashash tarzidan mamiunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon boʻladi.

B. qad. davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi boʻlgan. Uning vakillari B.ga hayotning asosiy maqsadi, kishilar institutiladigan masrurlikka erishilgan holatning , shod-xurram boʻlishning eng oliy koʻrinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Saʼdiy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim oʻrin egallagan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida ham bu mavzuga katta eʼtibor berilmoqda.

B. nisbiy tushuncha, mutlaqB. yoʻq. B.ni qanday maʼnoda tushunish shaxsning ijtimoiy oʻrniga, bilimi, yoshi, dun-yoqarashiga bogʻliq. B. haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmu-asi bilan uzviy bogʻliq. Chinakam B.li boʻlish uchun har bir shaxs erkin, teng , oʻz isteʼdod va qatiyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va maʼ-naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi zarur. Shuningdek, B.ga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada oʻz oʻrnini topgan, burch va masʼuliyatni anglagan boʻlishi lozim. Odam oʻz ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aqp-zakovati bilan B.li boʻlish uchun nntilishi va kurashi-shi kerak. Inson oʻz takdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uygʻunlashtirgandagi-na toʻla B.li boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil