Bata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bata — Ekvatorial Gvineyadagi shahar. Mamlakatning materik qismi — Rio-Munining maʼmuriy markazi. Aholisi 24 ming kishi (1985). Gvineya qoʻltigʻidagi yirik port, chetga kofe, kakao, palma moyi va yongʻogʻi chiqaradi. Sement va taxta tilish zavodlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil