Bartlet Frederik Charlz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bartlet Frederik Charlz (1886-1969) – taniqli ingliz psixologi, Kembrij universitetining birinchi professori. 1886 yil 20 oktyabrda Velddagi Stou shahrida tug‘ilgan. Shaxs Xotirasini o‘rganishga konstruktiv yondashish nazariyasining asoschisi. Insonning eslab olish va qayta eslashga ijtimoiy-madaniy tajribaning ta’sirini o‘rgangan. Xotirani tadqiq etishning yangi metodlarini ishlab chiqqan. Bartlet inson xotirasi ijtimoiy-madaniy hodisa, ijtimoiy tajribaga tayangan holda materialni faol loyihalovchi jarayon ekanligini tajribada asoslab bergan. U o‘z tadqiqotlari natijalarini 1932 yilda yaratilgan “Esga solmoq” asarida mujassamlashtirgan. 1932 yilda Qirollik jamiyati a’zosi etib saylangan, 1948 yilda esa shahzodalikka tayinlangan. 1952 yilda ilm-fanga qo‘shgan hissasi uchun London Qirollik jamiyati Qirollik medali bilan taqdirlangan. Bartlet tafakkurning ijtimoiy tabiatini o‘rganish sohasida ham izlanishlar olib borgan. U shaxsning kundalik tafakkuri bilan rassom hamda olimlar fikrini qiyosiy o‘rgangan. Shu xizmatlari tufayli 1958 yilda Amerika san’ati va akademiyasining faxriy a’zosi etib saylangan. Frederik Charlz Bartlett 1969 yil 30 sentyabrda Kembrijda vafot etgan. [1]

  1. Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova)