Banka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Banka, Bangka — Indoneziyaga qarashli orol. Katta Zond o.lari tarkibida. Mayd. 11,6 ming km2. Bosh shahri — Pankalpinang . Orolning koʻp qismi allyuvial tekislik, baʼzi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 m. B.da nam tropik oʻrmonlar bor; botqoqlik koʻp. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirgʻoqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud boʻlib, 1709 y.dan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming t. chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 g/m3.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil