Balayfossen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balaifossen (norv.: Balåifossen) Yevropadagi ikkinchi eng baland sharshara[1] boʻlib, Norvegiyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Hordaland viloyatida, Bergen shahridan 140 km sharqda joylashgan.

Balay daryosidan hosil boʻlgan. Balaifossenning balandligi 850[2] metr (boshqa manbalarga koʻra - 765 metr). Sharshara uchta kaskaddan iborat boʻlib, eng kattasining balandligi 452 metrni tashkil qiladi[2]. Balaifossenning oʻrtacha kengligi taxminan 8 metrni tashkil qiladi[2]. Suv oqimi - sekundiga 1 m³. Balaifossenga asosan erigan qor suvlari oqib ushgani sababli u yozda yoki kuzda sub oqimi kamayib turishi mumkin[2].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The 10 Tallest Waterfalls Of The World | PlanetOddity.com“ (2010-yil 11-dekabr). 2010-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Balifossen | World Waterfall Database: World's Tallest Waterfalls“ (2009-yil 10-oktyabr). 2009-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]