Bahor (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor – Toharistondagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Arab tarixchisi Qu-doma ibn Jaʼfarning maʼlumotiga koʻra, B. shahri Xulmdan 7 farsax (45– 50 km) narida, choʻlda joylashgan. B.da suv faqat bir qudukdagina boʻlib, unga narvon bilan tushilgan. Samʼoniy (12-asr) Balx viloyatida Shobuxor qishlogʻini, Yoqut Hamaviy shu viloyatda Bahoriza qishlogʻini qayd etganlar, ularni B. bilan aynan bir deb hisoblash mumkin. "Bahor" atamasi bu yerda islom dinidan avval v i x a r a, yaʼni buddaviylar monastiri – ibodatxonasi boʻlganidan dalolat beradi. "Narvon bilan tushiladigan kuduq", yaʼni sardoba boʻlgan. Atamalardan biri tarkibidagi "sho" qadimgi "xsha" – "podshoh" soʻzidan, yaʼni "sho-hona vihara" turgan yer. Ikkinchisida – "za" qoʻshimchasi sugʻdcha "zay, zaya" – "joy, oʻrin, yer" maʼnosiga ega. Qiyos qiling: Toshkentda Novza mavzei – "yangi yer" deganidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil