Bahodir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahodir, botir — 1) Oʻrta asrlarda turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida janglarda koʻrsatgan ulkan jasorati va qahra-monligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chiigaziylar davrida Chingizxon avlodidan boʻlmagan zodagonlar, yirik lashkar-boshilarga B. uivoni berilgan. Keyinchalik B. maʼnosining ushbu ijtimoiy xu-susiyati yoʻqoladi va B. moʻgʻul zodagonlariniig tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarniig fikricha, B. turkiy-moʻgulcha botir soʻzining forscha shaklidir. 2) Chingazxon hukmronligi za-mopida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chiitizxon 1203 y. keroyitlar ustidan gʻalaba qilgandan keyin tashkil etilgan. Blar 1000 kishidan iborat boʻlgan. Tarixchi Nasavitshg (13-a.) maʼlumotiga koʻra, 1221—22 ylarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. Blar urush vaqtida ilgʻor qism (avangard) bilan birga harakat kilgan. tinchlik vaqtlarida esa xon qarorgohini qoʻriqlagan.


Disambig.svg Bahodir soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.