BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi — BMTning asosiy organlaridan biri . Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash sohalarida xalqaro masalalar yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazadi, maʼruzalar tuzadi, xalqaro konferensiyalar chiqaradi, oʻz huquqlari doirasidagi masalalar yuzasidan konvensiyalar loyihalarini tayyorlaydi . BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, barcha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar yuzasidan Bosh Assambleya tavsiyalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Kengashning xar bir aʼzosi bir ovozga ega . Kengash har yili ikki marta navbatdagi sessiyaga toʻplanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi