BMTning Vasiylik kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BMTning Vasiylik kengashi — BMTning Vasiylik tizimiga qoʻshilgan hududlarning boshqarilishini nazorat qiladigan, Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi boʻlib, lekin vasiylikdagi hududlarni boshqarmaydigan, vasiylikni amalga oshirish uchun Bosh Assambleya tomonidan uch yil muddatga saylanadigan davlatlardan tashkil topgan tashkilot . Vasiylik kengashi 1946 yil dekabrda BMTning birinchi sessiyasida tashkil etilgan. BMT ustavining 87 — moddasiga muvofiq, Vasiylik kengashi vasiylikka olgan hokimiyatning yilda bir marta taqdim etadigan hisobotini hamda vasiylikdagi hudud xalqidan tushgan iltimosnoma va talablarni koʻrib chiqadi, vasiylikka olingan hududlarga borib, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi va x.k. Vasiylik kengashi oʻz faoliyatini Bosh Assambleya rahbarligi va nazoratida olib boradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi