Aydın Yılmaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aydın Yılmaz
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aydın Yılmaz
Tavallud sanasi 29-yanvar 1988-yil (1988-01-29) (36 yosh)
Tavallud joyi Bakırköy, İstanbul, Turkiya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1.FK Příbram
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2005 Galatasaray
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2015 Galatasaray 99 (5)
2007Manisaspor (Ijara) 0 (0)
2008İstanbul BB (Ijara) 7 (0)
2010Eskişehirspor (Ijara) 9 (0)
2015—2018 Kasımpaşa 7 (0)
2018—2019 Adana Demirspor 12 (0)
2019 Sakaryaspor 7 (0)
2020- 1.FK Příbram 0 (0)
Milliy terma jamoa
2003—2004 Turkiya U16 10 (0)
2004—2005 Turkiya U17 21 (2)
2005 Turkiya U18 3 (2)
2006 Turkiya U19 14 (4)
2008—2009 Turkiay U21 10 (3)
2011—2013 Turkiya A2 4 (0)
2012 Turkiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-yanvar uchun)

Aydin Yilmaz (1988-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, hozirda Chexiya 1 klubida oʻynaydi.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil Istanbulda tugʻilgan Aydin Yilmaz 2001-yilda Galatasaroyning oʻsmirlar jamoasiga kirgan, 2002-yilda Danone qoʻl ostida Galatasaroy libosida chempionlik kurashida qatnashgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galatasaroy[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 22-yanvarda Aydin Superligadagi debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushganidan soʻng „Konyaspor“ga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada „Galatasaroy“ga gʻalaba keltiruvchi gol muallifiga aylangan. Bu gol 2006-yilgi mashhur „Galatasaroy“ chempionligining poydevor toshlaridan biri sifatida koʻrilgan. 2008-yil 4-iyunda u oʻzining „Galatasaroy“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[1].

Manisaspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007\08-yilgi mavsumni Manisasporda ijara asosida oʻtkazgan[2].

Istanbul BB[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007\08-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida Istanbul BB jamoasida yettita oʻyinda maydonga tushgan.

Eskishehirspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aydin 2009\10-yilgi mavsumda sotib olish opsiyasi bilan Eskishehirsporga ijaraga berilgan, Eskishehirspor bu imkoniyatdan foydalanmagan va u Galatasaroyga qaytgan[3].

Galatasaroyga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011\12-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011\12-yilgi mavsumining 27-haftasida Mersin İdman Yurduga qarshi oʻyin tarkibiga kiritilgan bu oʻyinda keyinchalik penalti tepgan va jamoasining 3 ochkoni qoʻlga kiritishida eng katta sababchilardan biri boʻlgan.

2012\13-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aydin 2012\13-yilgi Superliga mavsumi uchun yaxshi muqobil oʻyinchi sifatida koʻrilgan. U 17 liga va 2 ta Turkiya kubogida oʻynagan. Jamoaga yangi super yulduzlar Uesli Sneyder va Dide Drogba qoʻshilganidan soʻng, Aydin zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan va u liga oʻyinlarida kamroq daqiqalar oʻtkaza boshlagan. U shuningdek, Chempionlar Ligasidagi „Sporting Braga“ga qarshi uy va safar oʻyinlarida jamoasini himoya qilgan va Aydin Municipal stadionida muhim golni urgan, bu Galatasaroyning pley-off bosqichiga chiqishini kafolatlagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aydin 2005-yili Peruda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4-oʻrinni egallagan Turkiya U-17 terma jamoasida oʻynagan. 2008-yilning 4-oktyabrida u Bosniya va Estoniyaga qarshi oʻynash uchun Turkiyaga terma jamaosidan chaqiruv olgan.

Aydin 2012-yil 16-oktabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Vengriyaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galatasaroy
  • Superliga (4): 2005-06, 2011-12, 2012-13, 2014-15
  • Turkiya kubogi (2): 2013-14, 2014-15
  • Super Kupa (3): 2008, 2012, 2013

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Super kubok Yevropa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Galatasaray 2005-06 12 1 2 1 0 0 14 2
2006-07 3 0 1 0 1 0 1 0 6 0
2008-09 15 1 3 2 2 0 20 3
2009-10 11 0 2 0 4 0 17 0
2010-11 19 1 5 0 1 1 25 2
2011-12 15 2 2 0 17 2
2012-13 17 0 2 1 1 0 3 1 23 2
2013-14 6 0 4 0 0 0 1 0 11 0
2014-15 1 0 3 0 0 0 0 0 4 0
Jami 99 5 24 4 2 0 12 2 137 11
Manisaspor (Ijara) 2007-08 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0
İstanbul B.B. (Ijara) 2007-08 7 0 0 0 7 0
Jami 7 0 0 0 7 0
Eskişehirspor (Ijara) 2009-10 9 0 0 0 9 0
Jami 9 0 0 0 9 0
Karyerada jami 115 5 24 4 2 0 12 2 153 11

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2012-yil 1 0
Jami 1 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aydın Yılmaz ile 5 yıllık sözleşme imzalandı
  2. „Manisaspor'da yeni transferler takima katildi“. Mackolik.com (6-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  3. „Aydın Yılmaz Es-Es'te“. Mackolik.com (1-fevral 2010-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.