Avtomobil sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomobil sporti, avtomo-bil poygasi — sport avtomobillari va seriya l i avtomobillarda o‘tkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894 y. 18 noyabrda Fransiyada Parij-Ruan-Parij yo‘nalishi bo‘yicha 1200 km masofada o‘tkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 km) edi. Poyga aylanma shosselar, to‘g‘ri shosselar, avtodrom, ippodrom, velo-drom, stadionlarda o‘tkaziladi. Belgi-langan masofada rekord qo‘yish uchun max-sus poygalar ham o‘tkaziladi. Poygada qatnashadigan avtomobillarning xalqaro tasnifi (asosiy mezon — avtomobil ru-sumi va dvigatelning ish hajmi) va tex-nika talablari vaqt-vaqti b-n o‘zgarib turadi. Chet elda xahon chempionligi uchun aylanma shosselarda o‘tkaziladigan avto-mobil poygalari va Yevropa chempionli-gi uchun o‘tkaziladigan avtoralli asosiy musobaqalar hisoblanadi. Xalqaro av-tomobil federatsiyasi (1904 y.) tashkil etilgan. Jahon birinchiligi 1925 y.dan o‘tkazib kelinadi. 1965 y. noyabr da ameri-kalik poygachi Kreg Bridlav reaktiv dvi-gatelli avtomobilda soatiga 966, 554 km tezlikda yo‘l bosib mutlaq rekord qo‘ydi. A.s. bo‘yicha sobiq Ittifoq birinchi-ligida Riga sh. da O‘zbekiston jamoa-si 1978 y.da birinchi marta qatnashdi. O‘zbekiston sportchilaridan Murodjon Qayumov eng yaxshi natija ko‘rsatdi. 1996 y. O‘zbekistonda birinchi marta Pskent sh. yaqinidagi "Ujniy" avtopoligonda tezlik rekordi o‘rnatildi. V. Ye. Alek-sandrov 100 km masofada o‘rtacha 118 km/soat tezlikka erishdi. 1997 y. shu joyda birinchi marta O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonda A.s.ning 264 ta seksiyasi bo‘lib, 22395 kishi sportning shu turi b-n shug‘ullanadi. 116 947 kishi ommaviy sport razryadiga ega, 41 nafar sport ustaligiga nomzod, 10 nafar sport ustasi bor (1997).Karimjon Mahkamjonov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil