Avstraliyada jurnalistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Melburndagi Age shtab-kvartirasi

Avstraliyada jurnalistika keng tarixga ega soha hisoblanadi. „Reporters Without Borders“ (Chegara bilmas muxbirlar) tashkiloti 2020-yilda Avstraliyani matbuot erkinligi boʻyicha 180 ta davlat roʻyxatida 26-oʻringa qoʻydi (Buyuk Britaniya va AQShni ortda qoldirgan holda)[1]. Mamlakatdagi bosma ommaviy axborot vositalari, asosan, Nine Entertainment Co va News Corp Australia tashkilotlariga tegishlidir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:SydneyGazette.jpg
Sidney gazetasining birinchi sahifasi.

Yangi Janubiy Uels koloniyasining dastlabki yigirma yilida nashr etilgan materiallarning aksariyati aholini oʻsha davrning qoidalari va qonunlari haqida xabardor qilishga qaratilgan edi. Ular koʻchma yogʻoch va temirda chop etilgan. Oʻsha paytda mahkumlarning yarmi oʻqishga qodir boʻlmagani sabab bu xabarlarni yakshanba kunlari cherkovlarda oʻqish majburiy edi[2]. 1803 yilda Howe Avstraliyaning birinchi gazetasi hisoblanmish Sidney gazetasida ish boshladi. Gazeta mazmunining katta qismi hukumat xabarlarini oʻz ichiga olsa-da, rivojlanayotgan koloniyani xabardor qilish uchun koʻplab yangiliklar ham chop etilardi.

Howe mahalliy kontent uchun yangiliklar yigʻishda foydalangan usullaridan biri bu gazeta nashr etilgan doʻkon tashqarisida kishilar oʻz hikoyalarini taqdim etishlari mumkin boʻlgan maxsus qutini joylashtirish edi. Mamlakat geografik jihatdan boshqa mintaqalardan olisda joylashganligi sabab kemalar orqali kelgan xalqaro yangiliklar, odatda, 10-14 hafta oʻtgach chop etilgan. Sidney gazetasi 1824-yil William Wentworth mustamlakadagi birinchi senzuradan oʻtkazilmagan "The Australian" (1964-yilda Rupert Murdoch tomonidan asos solingan ayni nomdagi hozirgi gazeta bilan aloqasi yoʻq) gazetasini nashr qila boshlaganiga qadar mamlakatdagi yagona gazeta edi[3]. Avstraliya Jurnalistlar Assotsiatsiyasi (AJA) 1910-yilda tashkil etilgan va 1911-yilda federal roʻyxatga olingan[4]. 1921-yilda Queensland universiteti jurnalistika boʻyicha diplom taqdim etgan Avstraliyadagi birinchi institutga aylandi[5]. AJA 1992 yilda Media, Entertainment and Arts Alliance (Media,Hordiq va Sanʼat Ittiifoqi)ga birlashtirildi[6]. 1956 yilda Ampol Petroleum asoschisi Sir William Gaston Walkley Avstraliyaning eng nufuzli Jurnalistika mukofoti- Walkleysni taʼsis etdi. 1975-yil 16-oktabrda hozirgi kunda Balibo beshligi nomi bilan tanilgan, Indoneziyaning Sharqiy Timor(o‘sha paytda Portugaliya Timori)ga bostirib kirishi haqida xabar bergan besh nafar avstraliyalik jurnalist Balibo shahridagi uyda o‘ldirildi. Nine Network(Toʻqqiz tarmoq) va Seven Network (Yetti tarmoq) jurnalistlari mojaro ortida Indoneziya turganini isbotlovchi tasvirlarni yozib olgandan soʻng Indoneziya askarlari tomonidan oʻldirilgan, bu ichki Timor toʻntarishi edi[7]. Adelaidalik ABC operatori Paul Moran 2003-yil mart oyida Iroq urushini yoritish paytida halok bo‘lgan birinchi avstraliyalik jurnalist edi. U ish jarayonida yonida bomba o‘rnatilgan mashina portlashi oqibatida halok bo‘lgan[8].Moran bilan birga ishlaydigan ABC xorijiy muxbiri Eric Campbell portlashdan omon qoldi va oʻzining " Absurdistan " kitobida voqea haqida yozib qoldirdi[9].

Huquqiy himoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidneydagi ABC shtab-kvartirasi

Avstraliya konstitutsiyasida huquqlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ham, soʻz erkinligiga nisbatan aniq huquqlar ham yoʻq[10]

Reporters Without Borders (Chegara bilmas muxbirlar)tashkilotining 2006-yilgi matbuot erkinligiga nisbatan oʻtkazgan soʻrovnoma asosidagi dunyo mamlakatlari reytingida Avstraliya Gana va Mavrikiyadan keyin 35-oʻrinda turadi.

Koʻzda tutilgan erkinlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Avstraliya Oliy sudi Australian Capital Television Pty Ltd v Commonwealthning1942-yilgi Radioeshittirish toʻgʻrisidagi qonunga IIID qismini kiritgan oldingi yildagi qarorga oid ishini koʻrdi. Natijada federal, shtat yoki mahalliy saylovlar davomida siyosiy reklamalar taqiqlandi. Siyosiy xabarlar uchun vaqt belgilangan edi, ammo uning 90 foizi avvalgi hukumatdagi partiyalar uchun ajratilgan. Avstraliya poytaxt televideniyesi foydasiga koʻpchilikning qarori bilan konstitutsiyada siyosiy muloqot erkinligi huquqi nazarda tutilishi belgilandi.

Jurnalistika boʻyicha taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina Avstraliya universitetlarida jurnalistika va kommunikatsiya taʼlim yoʻnalishlari mavjud. Bugungi kundagi avstraliyalik jurnalistlarning koʻpchiligi ushbu sohada oliy maʼlumotga ega. 2000-yilda Age tomonidan berilgan sakkiz imtiyozning yettitasi aynan jurnalistika sohasida tahsil olganlarga berilgan[11]. Media, Entertainment and Arts Alliance (Media,Hordiq va Sanʼat Ittifoqi) maʼlumotlariga koʻra, oʻsha yilda Avstraliya universitetlarida 600 ga yaqin talaba jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat, taxminan 50 nafar bitiruvchi magistr darajasiga ega boʻlgan. Ittifoq taxmin qilishicha, bitiruvchilar 150 dan kam ish oʻrinlari uchun raqobatlashganlar. Oʻshandan beri vaziyat ancha yomonlashdi, 2010-yilda 1000 tadan kam boʻlgan ish oʻrni uchun 4750 jurnalistika talabasi roʻyxatga olingan. Shuningdek, koʻpchilik muharrirlar shaxsiy xohishlariga koʻra boshqa sohalarda malakaga ega bitiruvchilarni ishga olishni afzal koʻradilar[12].

Avstraliyaning quyidagi oliy oʻquv yurtlari jurnalistika kurslarini taqdim etadi:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020 World Press Freedom Index | Reporters Without Borders“ (en). RSF. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  2. „The birth of the newspaper in Australia - Australia's Culture Portal“. Cultureandrecreation.gov.au. 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  3. „Wentworth, William Charles - Biographical entry - Encyclopedia of Australian Science“. Asap.unimelb.edu.au. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  4. „Australian Journalists Association (i) - Trade Union entry“. Australian Trade Union Archives. Atua.org.au. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  5. „Bachelor of Journalism - Courses and Programs - The University of Queensland, Australia“. Uq.edu.au. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  6. „Alliance Online“. Alliance.org.au. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  7. „The day the military murdered our boys“. News.com.au (2006-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 18-fevral. [sayt ishlamaydi]
  8. „ABC Pays Tribute to Cameraman killed in Iraq“. Abc.net.au. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  9. Campbell, Eric. Absurdistan. Sydney: HarperCollins, 2005 — 317–334 bet. ISBN 0-7322-7980-1. 
  10. „Would a Bill of Rights improve the quality of Australian journalism? - On Line Opinion - 15/11/2000“. On Line Opinion. Qaraldi: 2011-yil 18-fevral.
  11. Conley, David. The Daily Miracle. Melbourne: Oxford University Press, 2002 — 11 bet. ISBN 0-19-551374-6. 
  12. „Reference at www.theaustralian.com.au“.

Qoʻshimcha oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bruns, Axel. „A Chance for Diversity? Australian online journalism.“ in by Eugenia Siapera and Andreas Veglis, eds. The Handbook of Global Online Journalism (2012) pp: 412+
  • Carter, David. „Magazine Culture: notes Towards a History of Australian Periodical Publication 1920-1970.“ Journal of the Association for the Study of Australian Literature (2013): 69-79.
  • Collins, Ross F.; Palmegiano, E. M. Rise of Western Journalism, 1815-1914: Essays on the Press in Australia, Canada, France, Germany, Great Britain & the United States (2008)
  • Deitz, Milissa. Watch this space: The future of Australian journalism (2011), argues that online journals, blogs, social networking, twitter and smart phones will return journalism to its democratic roots, recreating the feisty, informed speech extinguished by the concentration of ownership
  • Hanusch, Folker, Peter English, and Jane Fynes-Clinton. „Assessing the discipline: an analysis of Australian Journalism Review articles 2000-2010.“ Australian Journalism Review 33#.2 (2011): 85.
  • Harrington, Stephen. Australian TV News: New Forms, Functions, and Futures (2014) excerpt
  • Harrington, Stephen. „Australian journalism studies after’journalism': Breaking down the disciplinary boundaries (for good).“ Media International Australia incorporating Culture and Policy, (2012) pp. 156-162. online
  • Ricketson, M. Australian Journalism Today (Palgrave Macmillan, Melbourne, 2012)
  • Turner, Graeme. „Post‐Journalism: News and Current Affairs Programming from the Late '80s to the Present“, Media International Australia, (1996) no. 82, pp. 78‐91.
  • Turner, Graeme. Media Wars': Journalism, Cultural and Media Studies in Australiaʼ, Journalism (2000) 1#3 pp. 353-365.
  • Walker, Robin Berwick. The Newspaper Press in New South Wales, 1803-1920 (Intl Specialized Book Service Inc, 1976)
    • Walker, Robin Berwick. Yesterday’s news: history of the newspaper press in New South Wales from 1920 to 1945 (Intl Specialized Book Service Inc, 1980)
  • Webby, Elizabeth. „Australia“ in J. Don Vann, and Rosemary T. VanArsdel, eds. Periodicals of Queen Victoriaʼs Empire: An Exploration (1996) pp. 19-59 in JSTOR

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]