Avrikula
Avrikula (Primula Olgae yoki R. auriculata varcalva) – navroʻzgulnnng xushmanzara turlaridan biri. Gullari yirik, xushboʻy. A. Gʻarbiy Yevropa togʻlarida oʻsadi; Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi baland togʻlarda (yaylovda va eriyotgan qor atro-fida) uchraydi. Bogʻ va gulzorlarda ekila-digan navlari ham bor.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |