Avloniy yodgorlik muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avloniy yodgorlik muzeyi
Asos solingan sana 1968
Joylashuvi Oʻzbekiston
Toshkent
Ziyo koʻchasi, 6-uy


Avloniy yodgorlik muzeyiOʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahrida joylashgan muzey.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey dastlab 1968-yilda tashkil etilgan. Bu uyda 1910-1934-yillarda Abdulla Avloniy yashagan. Oʻzbekiston kitobsevarlar jamiyati tashabbusi bilan 1988-yilning dekabrda Avloniy uy-muzeyi nomi bilan rasmiy ravishda ochilgan.

Keyinchalik muzey Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti binosiga koʻchirilgan va 1993-yilning 26-dekabrida Avloniy yodgorlik muzeyi nomi bilan ochilgan.

Muzeyda jami 682 ta eksponat bor. Muzey yodgorlik va adabiy boʻlimlardan iborat. Yodgorlik boʻlimida Avloniy yashagan turmush sharoiti, shaxsiy buyumlari, oʻzbek hamda rus tillaridagi kitoblar saqlanmoqda. Adabiy boʻlimda Avloniyning pedagogik, maʼrifatparvarlik, jurnalistik, teatr va adabiyot sohasidagi hamda ijtimoiy faoliyati bilan bogʻliq fotosurat, hujjatlar, kitob va jurnallar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009, 2020-02-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-25